* * *
— Og’ayni, chuvalchanglarim tugab qoldi, nima qilay?
— Bir metrlik simni olgin-da, to’qqiz voltli tokka ulab yerga tiq. Chuvalchanglar o’zi chiqib kelishadi.
Erkak 9 volt o’rniga 220 voltli tokka simni ulab yerga suqdi. Birozdan so’ng sherigi so’radi:
— Xo’sh, nima bo’ldi?
— Avvaliga chuvalchanglar, keyinroq shaxtyorlar chiqib kelishdi.
* * *
Ota o’g’lini zinalardan boshini yerga osiltirgan holda ko’tarib kelardi. O’tib ketayotgan bir odam uni koyib berdi.
— Nima qilayapsiz? Boshidan kepkasi tushib ketadi-ku!
— Tushmaydi, boshiga mix qoqib qo’yganman.
* * *
— Qizlar, qizlar, menga erim elektron pochta ochib qo’ydi. Endi menga quyidagi manzilga xat yo’llayveringlar:
— Xotin. It. Hayot. Yo’q.
* * *
Erlarga foydali maslahat:
— Hech qachon xotiningizni hammadan yaxshi deb maqtamang! Boshqa ayollar xafa bo’lishadi va erkaklar tekshirib ko’rishni istab qolishadi.
* * *
Tarixdan imtihon ketayapti.
Talabadan so’rashdi:
— Chapayev kim?
— Negrlar dohiysi.
— Nega?
— Chunki, u oqlarga qarshi kurashgan.
* * *
Kuyov qaynonasi bilan tomorqada yer chopayapti. Qaynonaning boshida kaska. Qo’shni kuyovdan so’radi:
— Nega qaynonangga kaska kiydirib qo’yding?
— Ketmonga yopishgan loyni qaerga urib tozalayman?
* * *
— Nevaraginam, kel, o’yin o’ynaymiz. Men yasama tishlarimni qaerga qo’yganingni topishga urinaman. Sen menga issiq, yoki sovuq deb javob berasan.
— Bo’pti.
— Xo’sh, tishlarni o’z xonangga yashirdingmi?
— Sovuq.
— Yo’lakkami?
— Issiq.
— Hojatxonagami?
— Yanada issiqroq.
— Shkafgami?
— Isib ketdim… Xo’p, bobojon, aytaman, faqat meni gazning ichidan chiqarib yuboring!
* * *
Poezdga chipta ololmagan erkak ayyorlik yo’liga o’tdi. o’ala-g’ovurda vagonga kirdi-da, jomadonini polka ostiga yashirib o’zi nimanidir qidira boshladi. Odamlar undan so’rashdi:
— Nima qidirayapsiz?
— E, kobra ilonim o’rindiq ostiga tushib ketdi. Shuni tuta olmayapman.
Qo’rqib ketgan odamlarning hammasi poezddan tushib ketishdi. Erkak esa, bemalol bir o’rindiqqa yonboshlab uyquga ketdi. Yarim kechasi tursa, poezd hamon joyidan qo’zg’almabdi. Kuzatuvchidan so’radi:
— Manzilga yetib keldikmi?
— Qaerga yetib kelasiz? Kecha bir ahmoq ilonini yo’qotib qo’ygan ekan. Vagonni eshelondan uzib qoldirib ketishgan.