KUN KULGISI !!!

***

Ayollarga foydali maslahat:

— Bir daqiqada bir kiloga ozishni istaysizmi? Unda zudlik bilan yuzingizdagi bo’yoqlarni yuvib tashlang!

 

***

Ona o’g’liga dedi:

— Turaqol, maktabga kech qolasan!

— Hechqisi yo’q. Maktab har kuni ishlaydi.

 

***

Qiz dugonasidan so’radi:

— Sen qari, lekin millioner erkakning xotini bo’lishga rozi bo’larmiding?

— Yo’q, uning bevasi bo’lishga rozi bo’lardim.

 

***

Piyonista militsiya bo’limiga qarashli pasport stoli xodimidan so’radi:

— Menga Lenin ko’chasida yashovchi Toshmatov Bo’rivoyning uy manzilini bering!

— Hozir… Ismi sharifingiz nima?

— Toshmatov Bo’rivoy.

 

***

— Senga nima bo’ldi?

— E, sevgan qizim bilan raqs tushayotgandim. Dadasi kirib qoldi.

— Nima bo’pti? Faqat raqs tushayotgan ekansizlar-ku!

— Uning qulog’i og’ir-da!

 

***

Ikki hisobchi uchrashib qolishdi.

— Hayot qalay?

— O’ttiz foizlarga tortib turibdi.

 

***

To’yib chekib olgan giyohvand katta ko’chada ketib borar, qulog’iga naushnik taqib olgan, musiqa tinglab o’zicha raqsga tushib qo’yyapti.

U taksi haydovchisiga yaqin bordi-da, so’radi:

— Bo’shmisan?

— Ha.

— Kel, unda birga raqsga tushamiz!

 

***

Foydali maslahat:

— Qizlar! Esingizda bo’lsin! Birinchi uchrashuv paytida eng asosiysi — xurrak otmaslik!

 

***

— Erkaklar, agar ayol sizga yana bir marotaba imkon bergan bo’lsa, bu imkonni qo’ldan chiqarmang! Ajrashing!

 

***

Do’kon eshigi tepasidagi e’londan:

— Har bir “Lasetti” sotib olgan odamga sovg’a sifatida bir shishadan limonad taqdim etiladi.

 

***

Erkak oltin baliq tutib oldi. Baliq dedi:

— Uchta tilagingni ayt, bajo keltiraman!

— Xotinim ko’p bo’lishini istayman!

— Bajarildi!

— Pulim ko’p bo’lishini istayman!

— Bosh ustiga!

— Seni yana ikki yuz marta tutib olishni istayman!

 

***

Ma’lum bo’lishicha, kechalari ko’pchilik avtomobillar egalarini yo’qolib qoldi deb o’ylab qo’rquvdan baland ovozda uv tortisharkan.

 

***

Harbiy qismga komandir etib tayinlangan polkovnik saf tortgan askarlar bilan tanishayapti. U o’zini mehribon, erkinlik tarafdori qilib ko’rsatish maqsadida askarlardan biriga yaqin kelib dedi:

— Boshingni baland ko’tar! Istasang, men bilan qo’l berib so’rashishing ham mumkin. Keyin otangga borib shaxsan polkovnik bilan qo’l berib ko’rishganingni aytib maqtanasan. Otang ham bunday sharafga muyassar bo’lganingdan xursand bo’lsa kerak… Aytgancha, otang kim o’zi?

— General.