OB-HAVO HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

1.Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, har soatda dunyo bo’yicha 760 marta momoqaldiroq kuzatiladi.

 

  • 2002 yildan beri to shu kunga qadar havo haroratining asta-sekin pasayishi kuzatila boshlagan. Bunga atmosferaga tarqalayotgan zaharli gazlar sababchi ekan.
  •  

  • 1932 yili Amerikada qish shu qadar qattiq kelganki, hatto, Niagara sharsharasi ham muzlab qolgan.
  •  

  • Eman daraxti boshqa daraxtlarga qaraganda chaqmoq urishiga ko’proq moyil bo’ladi.
  •  

  • Chaqmoq osmondan yerga emas, yerdan osmonga qarab harakatlanadi.
  •  

  • Chaqmoq erkaklarni ayollarga nisbatan o’n karra ko’proq uradi.
  •  

  • Chaqmoq urgan 10 odamning 9 nafari odatda tirik qoladi.
  •  

  • Osmondan tushayotgan bir tomchi yomg’ir pastga qarab soatiga 27, 35 kilometr tezlikda tushadi.
  •  

  • Yomg’irda «V12» vitamini mavjud.
  •  

  • Kirlangan qor tozasiga qaraganda tezroq eriydi.
  •  

  • Har yili momoqaldiroq yerga 10 million tonnaga yaqin azot olib tushadi.
  •  

  • Nam havo quruq havoga nisbatan issiqni yaxshiroq ushlab turadi. Shuning uchun namlik kuchli mamlakatlarda havo sahrolardagidan ham issiqroq bo’ladi.
  •  

  • Insoniyat tarixidagi eng og’ir do’l Amerikaning Kanzas shtatiga yog’gan. O’shanda do’lning sof vazni 700 grammga teng bo’lgan.
  •  

  • Dunyodagi eng kuchli shamol Amerikaning Oklaxoma shtatida kuzatilgan. Shamolning tezligi soatiga 512 kilometrni tashkil etgan.
  •  

  • Evropadagi gazetalardan biri 20 yildan beri ob-havo ma’lumotini she’riy ko’rinishda chop etadi.
  •  

  • Bundan 50 yil oldin Kaliforniyada 6 kun tinmasdan qor yog’gan. Qorning qalinligi esa 6 metrga teng bo’lgan.
  •  

    Olimjon HAYIT