* * *
Muallima oltinchi sinf o’quvchisidan so’radi:
— Eshmat! Arximed kim bo’lgan?
— Olim bo’lgan… Ha, u kunlarning birida vannaxonada o’tirib, «Evrika» deb baqirgan.
— Evrika so’zi nimani anglatadi o’zi?
— Evrika «Topdim» degani.
— Xo’sh, Arximed nimani topgan bo’lishi mumkin?
— Sovunni bo’lsa kerak-da!
* * *
Besh yashar bolakay onasidan so’radi:
— Oyi, buvijonim aqldan ozganmi?
— Nega unaqa deyapsan?
— Unda nega har safar uyiga borsam, «Voy, biznikiga kimlar keldi?» deyaveradi?
* * *
Avtobus bekatida.
— Kechirasiz, sigaret tutunini boshqa tarafga puflasangiz bo’lmaydimi?
— Vey, agar tutunni boshqa tarafga puflay olganimda-chi, hozir sirkda tomosha ko’rsatib yurgan bo’lardim.
* * *
Klichkolarning biri Mayk Taysonga qarshi jang o’tkazishga tayyor ekanini bildirgach, bu chaqiriqqa Tayson shunday javob qildi:
— Ikkalasiniyam dabdala qilaman. Dabdala qila olmasam, quloqlarini tishlab uzib olaman.
* * *
Kunlarning birida chukchadan so’rashdi:
— Chukotkada ham dushmanlarning radiosini eshitsa bo’ladimi?
— Albatta. Har kuni eshitaman.
— Nima deyishayapti?
— U-u-u-u-u!
* * *
Erkak vrach huzuriga kelib dedi:
— Do’xtir, xotinim menga xiyonat qilayapti!
— Nima bo’pti?
— Ie, o’tgan kuni uyga kelsam, jazmani bilan yotibdi. Endigina mushtlashmoqchi edim, xotinim: «Azizim, tinchlaning! Yaxshisi, boring, oshxonaga kirib qahva iching!» deb qoldi. Men oshxonaga kirib qahva ichdim.
— Xo’sh, keyin-chi?
— Kechayam shunday voqea bo’ldi. Yana oshxonada qahva ichish bilan ovora bo’ldim. Bugun ham xuddi shu voqea…
— Xo’sh, men qanday yordam berishim mumkin?
— Do’xtir, men haddan tashqari ko’p qahva ichib yubormayotganmikanman?
* * *
Yon qo’shnisi erkakdan so’radi:
— Bugun seni umuman tushuna olmadim.
— Nega?
— Har doim jahlingni chiqarsa, xotiningni ikki marta teparding. Bugun negadir bir marta tepding xolos.
— Ie, men vahshiymidim sening-cha? Harqalay, bugun bayram, axir!
— Ie, qanaqa bayram?
— To’yimizga roppa rosa bir yil to’ldi.
* * *
Milliarderdan so’rashdi:
— Siz qanday milliarder bo’lgansiz?
— Xotinimning sharofati bilan.
— Buni qanday tushunsa bo’ladi?
— Men u qancha pul topsam, kamag’allikdan nolimay qo’yishini tekshirib ko’rmoqchi bo’ldim.
* * *
Ikki isitma o’lchagich suhbatidan:
— Men negadir o’zimni yomon his qilayapman. Isitmam ko’tarildi shekilli.
— Hechqisi yo’q. Bir silkinib olsang, o’tib ketadi.
* * *
Uchib ketayotgan samolyot kutilmaganda teskari o’girilib qoldi. Styuardessa vahimaga tushib qolgan yo’lovchilarni tinchlantirayapti:
— Xavotir olmanglar! Hozir uchuvchimiz burniga dori tomizib olsin, samolyot joyiga qaytadi!
* * *
O’smir do’stiga telefon orqali sms yubordi:
— Nega go’shakni ko’tarmaysan?
Unga javoban do’stidan sms keldi:
— Telefonim uyda qolib ketibdi.
* * *
Jinni vrachga dedi:
— Do’xtir, men o’zimni kapalak deb hisoblayman.
— Siz, yaxshisi, psixiatr qabuliga kiring. Bu okulist kabineti.
— Bilaman. Lekin, qarasam, chirog’ingiz yoniq ekan, to’g’ri kirib kelaverdim.