KUN KULGISI…

* * *

Afandi eshagini mine-eb yo’lda ketayotsa, eshak bir odamning ro’parasiga yetganda, hangravoribdi. Haligi odam to’xtab, eshakniyam to’xtatib, Afandiga dag’dag’a qilibdi.

— Nimaga eshaging hangraydi?

— Ie, oka, bu eshak bo’lsa, hangragisi kelsa, hangrayveradi-da!

— Nimaga eshaging meni yonimga kelganda hangraydi?

— Oka, eshakning tili bo’lmasa, «Otaginam, men hangramoqchiman», deyolmasa, duch kelgan yerda hangrayveradi-da!

— Eshagingga aytib qo’y, bundan keyin meni yonimda hangramasin! Yana meni yonimga yetganda hangrasa, ustingdan yozib, kavushingni to’g’rilatib qo’yaman!

Afandi shundan keyingina bu odam ig’vogarligini bilib, muloyim ovozda debdi:

— Ha endi… Eshak eshakni ko’rganda hangraydi-da!..

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit