KUN KULGISI…

* * *

— Jinnixonadagilarning aslida kim ekanini aniqlash uchun notanish odam nima qilishi lozim?

— Birinchi uchragan odamga yaqin borgach, yuziga tuflash kerak. Agar yig’lay boshlasa, bu jinni, so’kina boshlasa, kimnidir ko’rishga kelgan, basharangga tushirib qolsa, sanitar, senga javoban yuzingga tuflasa, bosh vrach bo’lib chiqadi.

— Solivoy, «mushuk» hamda «qarash» jumlalari ishtirokida gap tuz-chi!

— Bir kuni bilmasdan mushukning oyog’ini bosib olgandim, u: «Ketayotganda ko’zga qarash kerak!» deb baqirdi.

 

* * *

Ota o’g’lidan so’radi:

— Manavi «ikki»ni nima uchun olding?

— Karl bilan Marks bir shaharda yashashadi degandim.

— Ahmoq, shuniyam bilmaysanmi? Axir, ular turli shaharlarda yashashgan va bir-birlarini umuman tanishmagan!

 

* * *

Matematika muallimasi o’quvchidan so’radi:

— Tasavvur qil, senga 200 dollar berdim. Sen bu pulning 50 dollarini Oyshaga, ellik dollarini Zahroga, yana ellik dollarini Manzuraga berding. Nima bo’ladi?

— Jinnixonaga tushib qolaman.

 

* * *

Polkovnik starshina bilan birga ko’p qavatli uyning podyezdiga kirgach, dedi:

— Starshina, liftni chaqir!

— Li-i-i-ift, tez yetib kel!

 

* * *

Yigirma yildan so’ng sobiq sinfdoshlar yig’ilishdi. Keksayib qolgan muallima sobiq o’quvchilariga bir-bir qarab chiqarkan, dedi:

— Oyshaxon, sen juda go’zal bo’lib keibsan! Seni-chi, tez-tez televizor orqali ko’rib turaman. Yaxshi artistsan! Sen, Boltavoy olim bo’libsan. Maktabdayam hammadan yaxshi o’qirding. Voy, Toshmat, senga general kiyimi juda yarashibdi-ya!.. Maktabda qachon qarasa, bilmayman, bilishniyam istamayman deganing degan edi. Qanday qilib generalgacha yetib bording?

— Men hozir ham hech narsa bilmayman va bilishniyam istamayman. Lekin men aytgan topshiriq ertaga bajarilishi shart.

 

* * *

Maymun yo’lda tirnoqlarini egov bilan tekislayotgan yo’lbarsni ko’rib qolib so’radi:

— Nima qilayapsan?

— Tirnoqlarimni o’tkirlayapman. O’sha Sherxoning kim o’rmonda haqiqiy hukmdor ekanini ko’rib qo’ysin!

Maymun shu zahoti shernikiga borib hammasini aytib berdi. Sher sekin yo’lbarsning yoniga kelib so’radi:

— Ha, olaxon, nima qilayapsan?

— Menmi?.. B-bilasizmi… Manikyur qilayapman, manikyur!

 

* * *

Jinni «Millioner» degan o’yinda ishtirok etayapti. Boshlovchi so’radi:

— Qanday qush o’z inini qurmaydi?

— Kakku!

— Qaerdan bilasan?

— Chunki u buvimning soatida yashaydi.

 

* * *

Otchoparda poygadan avval inspektor otxonalardan biriga kirsa, murabbiy otiga nimadir berayapti.

— To’xtang, otga nima berayapsiz?

— Oddiy qand. Mana, ishonmasangiz, yeb ko’ring!

Murabbiy o’zi bitta konfetni yeb, bittasini inspektorga berdi.

Poyga boshlanishidan avval chavandozga yaqin keldi-da, dedi:

— Bilasanmi, seni hech kim quvib o’tolmaydi. Mabodo quvib o’tsa, bu yo inspektor bo’ladi, yo men bo’laman.

 

* * *

— Nega erkaklar charm kurtka, charmdan tikilgan shim kiygan a±lni ko’rsa, yuraklari tezroq urib, tizzalari qaltirab, og’zilari quriy boshlaydi.

— Chunki, o’sha ayoldan yangi mashinaning hidi keladi.

 

* * *

— Nega buncha xafasan?

— Xotinim meni tashlab qo’shni erkak bilan ketib qoldi.

— Xafa bo’lma. Yurib-yurib, bir kun joniga tegsa, o’zi qaytib keladi.

— Men ana shundan qo’rqaman-da!