KUN KULGISI!!!

* * *

 

Haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon ketayapti. Yo’riqchi bo’lajak haydovchidan so’radi:

— Mashina o’ngga burilayotganda, qaysi g’ildirak kamroq buriladi?

— Zahiradagisi bo’lsa kerak.

* * *

Erkak tog’da adashib qoldi. Hammayoq oppoq qor. Uy degani ko’rinmaydi. Shunda uzoqda kulrang uycha ko’rindi. Erkak yugurib borib eshikni taqillata boshladi.

— Kim bor?

Ichkaridan bola ovozi keldi:

— Men borman.

— Onang-chi?

— Yo’q, chiqib ketdi.

— Qachon chiqib ketdi?

— Men kelganimdan keyin.

— Sen qachon kelding?

— Onam kelganidan keyin.

— Onang qachon keldi?

— Dadam ketgandan keyin.

— Menga qara, uylaringda hech odam bo’ladimi o’zi?

— Amaki, bu uy emas, hojatxona.

* * *

— Qo’sh xotinlilik qanday yo’l bilan jazolanadi?

— Ikki qaynonaga ega bo’lish bilan.

* * *

— Qo’shni, eshitdingizmi, Toshmat akaning xotini ketib qopti?

— Voy, rosa azoblangandir bechora erkak?

— Hozir ancha tinchlandi. Oldiniga aqldan ozsam kerak deb o’ylagan ekan.

* * *

Tobutni olib ketishayapti. Tobut solingan mashina orqasidan bir bolakay qichqirgancha chopib borayapti.

— Dadajon, qaerga? Meni tashlab ketmang! Meniyam o’zingiz bilan olib keting!

Mashina birdan to’xtadi-yu, haydovchi kabinadan boshini chiqarib bolani koyib berdi:

— Qani, uyga jo’na! Agar kelgunimcha darsingni qilib qo’ymasang, kamar bilan savalayman!

* * *

Yigit qora kostyumda, bo’yinbog’ taqib uchrashuvga ketayotgandi. Qarasa, yo’l chetida gazsuv ichiladigan avtomat turibdi. Unga yozib qo’yilibdi:

— Kayfiyatni tushiradigan avtomat.

Yigit ishonmay, bir sinab ko’rish uchun teshikchaga tanga tashladi. Shu payt bir chelak suyuq go’ng otilib chiqib kiyimlarini bo’yab tashladi. Kayfiyati bir pul bo’lib ketayotsa, yana shunaqa avtomat turibdi.

— Kayfiyatni ko’taramiz!

— Yo’q, — dedi yigit. — hozir mening kayfiyatimni hech kim ko’tarolmaydi…

Baribir sinab ko’rish niyatida teshikchaga tanga tashladi. Bir mahal undan uch chelak suyuq go’ng otilib chiqib to’plangan odamlarning kiyimlarini bo’yadi.

* * *

Juhud og’aynisidan so’radi:

— Sen menga yuz dollar qarz ekaningni unutmadingmi?

— Umrimning oxirigachayam unutmayman.

* * *

Ayollarga maslahat:

— Agar eringiz sizga hech narsa sovg’a qilmasa, paypoqlarini duch kelgan tarafga irg’itib, o’zi bir shisha pivo ushlagancha televizor qarshisida yotaversa, bilingki, siz o’sha erkak uchun yagonasiz va siz bilan yashash unga yoqimli.

* * *

Diqqat!

Ajoyib taklif!

Faqat oktyabrning oxirigacha “Mersedes S” avtomashinalari sotiladi.

Qariyalar hamda talabalar uchun o’n foiz chegirma mavjud.

* * *

Eshik qo’ng’irog’i jiringladi.

— Sizga harbiy komissariatdan chaqiruv qog’ozi olib keldim!

— Men, axir, kasalmandman, ikkita bolam bor!..

— Menga baribir, eshitdingmi?

— Vey, ayol kishi bilan shu ohangda gaplashasanmi? Ko’rsatib qo’yaman senga!

* * *

Odam qadami yetmas orolga Kristina Orbakayte, Natasha Koroleva va Alsular tushib qolishdi. Yeyishga hech vaqo yo’q. Qayiq cho’kib ketgan… Faqat bittagina qo’l telefoni bor-u, u ham bir marta qo’ng’iroq qilinsa, o’chadi.

— Oyimga qo’ng’iroq qilish kerak, — dedi Kristina. — Meni qutqarib olish uchun u kishi hamma narsaga tayyor.

— Yo’-o’q, — Koroleva lablarini burdi. — mening Tarzanimga qo’ng’iroq qilamiz. U meni juda sevadi. Bizni albatta qidirib topadi.

Shunda Alsu gapga aralashdi.

— Yaxshisi, dadamga qo’ng’iroq qilib, bu yerdan katta neft koni topdik deb aytamiz. U yog’ini o’zi hal qilaveradi.

 

* * *

Ruhshunos huzurida.

— Do’xtir, har kecha bir xil tush ko’raman. Har kecha bir qiz bilan uchrashaman, birga sayr qilamiz, gaplashib o’tiraveramiz, o’tiraveramiz.

— Mendan nima istaysiz?

— O’sha qizni boshqasiga almashtirib bering!

* * *

Ikki kampir janjallashayapti:

— Jinni!

— O’zing jinni!

Qaerdandir bir qariya paydo bo’ldi-da, dedi:

— Janjallashmanglar! Ikkovlaring ham haqsizlar!

* * *

— Sizda uxlatadigan dori bormi?

— Bor.

— Qancha?

— Ellik dollar.

— Ie, u dorini ellik dollarga olsam, haqiqatan uxlab qolishimga ishonasizmi?

* * *

General nevara ko’rdi. Askarlardan ikki nafarini chaqaloqdan xabar olish uchun yuborib, ular qaytgach, so’radi:

— Xo’sh, nevaram qalay ekan? Kimga o’xsharkan?

— Juda yaxshi. Sizga quyib qo’yganday o’xsharkan.

— Bir boshidan, bir boshidan gapir!

— Xuddi sizga o’xshab kal, qorindor. Hech narsaga tushunmaydi. Baqirgani-baqirgan.

* * *

Harbiy qismga rahbar etib tayinlangan polkovnik askarlar bilan tanishib chiqarkan, qatorda turganlardan biriga dedi:

— Sen bilan unvoni katta odam gaplashayotganda, boshingni balandroq ko’tar! Menga qo’lingni uzatib so’rashishing ham mumkin. Keyin polkovnik bilan qo’l berib ko’rishdim deb maqtanib yurasan. Otang eshitsa, faxrlanib ketadi sen bilan. Aytgancha, otang kim o’zi?

— General!