KUN KULGISI

***

O’tmishdan faqat unga o’z aqlini, nomusini va vijdonini bag’ishlamaganlargina qo’rqishmaydi.

 

 

***

Boshliq:

— Siz isib qolgan aroq va terlagan ayollarni yoqtirasizmi?

— Albatta.

Unda shirkat xo’jaligiga kartoshka terishga borasiz.

 

***

Agar daho hali qo’lga tushmagan va tan olinmagan bo’lsa, demak, u hali tirik.

 

 

***

Sklerozning eng og’ir formasi begona ayolni uyingga olib kelding-u, nima maqsadda olib kelganingni unutib qo’yishdan iboratdir.

 

 

***

Xotin kompyuterchi eridan so’radi:

— To’yimizga bir yil to’lgan kunni eslay olasizmi?

— Ha, antivirusga olingan ruxsatnomaning muddati tugagan kunda.

 

 

***

Birga yashaganlariga 75 yil to’lishi munosabati bilan bayram qilayotgan chol kampiridan so’radi:

— Menga qara, 75 yil ichida biz sen bilan o’n o’g’ilni voyaga yetkazdik. Hammasi bir-biriga o’xshaydi-yu, faqat birinchisi boshqalaridan sal farq qiladi-da! Yo qachonlardir menga xiyonat qilganmisan-a?

— Chol, tan olaman, qachonlardir gunohga botganman.

— Xo’sh, birinchi o’g’lingning otasi kim?

— Siz.

 

 

***

G’arb mamlakatlaridan birida yashovchi erkak bir yigitni vrachga olib keldi.

— Do’xtir, yordam bering! Men kuyovimning oyog’idan otib qo’ydim!

— Ie, odam ham o’z kuyovini otarkanmi?

Men otayotganimda hali u kuyov bo’lishga rozilik bermagandi-da!

 

 

***

— Og’ayni, guldastang zo’r-ku! Kimga atab olding?

— Sevgilimga.

— Zo’r, rosa xursand bo’lsa kerak?

— Afsuski, yo’q!

— Nega?

— Men bu guldastani uning qabriga olib ketayapman.

 

 

***

— Do’xtir, menga bosh og’rig’ini qoldiradigan dori yozib berishingizni so’raganimda, nega titrab ketaverdingiz?

Chunki, men birinchi marotaba gapiradigan itga dori yozib berayapman.

 

 

***

— Oyi, oyi!..

— Bas qil!

— Oyijon!

— Nima deysan?

— Hojatxonaga chiqib kelsam maylimi?

Darsingni tayyorlab bo’ldingmi?

 

 

***

Kelin dugonasiga dedi:

— Qaynonam dunyoda eng bebaho ayol. Faqat bir kamchiligi bor-da!

— Qanday kamchilik?

Nafas oladi.

 

 

***

Boyvachchaning xotini eriga dedi:

— Dadasi, men sizning eski, yirtilib qolgan kostyumingizni axlatga tashlab yubordim!

— Nima?.. Jinnimisan? Endi men soliq idorasiga nima kiyib boraman?

 

 

***

— Dugonajon, sevgi deganda nimani tushunasan?

— E, buni erkaklar ayolga pul sarflamaslik uchun o’ylab topishgan.

 

 

***

Teleboshlovchi e’lon qildi:

— Omon bo’ling, aziz teletomoshabin! Endi yarim tunda odatimizga ko’ra sizning xonadoningizda uchrashamiz!

Shunda televizor qarshisida o’tirgan erkak o’zicha g’udranib qo’ydi:

Voy-bo’, shu gapingga ishondim-a? Mana shu birinchi kanaldagilarning yolg’on gapiraverishi jonga tegdi-da!