* * *
Er uyga mast bo’lib keldi-da, stolga mushtlab baqirdi:
— Bu uyda kim xo’jayin?
Xotini unga javoban qo’liga o’qlog’ oldi. Er uni ko’rib asta boshini qashidi-yu, dedi:
— So’rab ham bo’lmaydimi?
* * *
Ayol dugonasidan so’radi:
— Eringning sog’lig’i yaxshimi?
— Unchalik yaxshi emas. Kun bo’yi vannaxonada o’tirib baliq ovlaydi.
— Voy, unda psixiatrga ko’rsat!
— Men ham shunday deb o’ylagandim. Ammo shu qadar baliq yegim kelyaptiki…
* * *
Bokschi jangdan oldin sevgan qiziga dedi:
— Azizam, jangdan so’ng qahvaxonada uchrashaylik!
— Bo’pti, lekin sizni tanimay qolmasligim uchun qo’lingizda gazeta ushlab turing.
* * *
O’tkinchidan jurnalist so’radi:
— Futbol bo’yicha terma jamoamiz haqida nima deya olasiz?
— Yomon so’zlarni aytmay qo’ya qolaymi?
— Ha.
— Unda hech narsa deya olmayman.
* * *
Sobiq bokschi sevgilisiga o’zining o’tmishini gapirib bergandi. Oradan picha vaqt o’tib u so’radi:
— Siz Nokaut va Nokdaundan bo’lak yana qaerlarda bo’lgansiz?
* * *
Ota gazetada qaysidir futbolchini bir klub o’n million dollarga sotib olgani haqidagi xabarni o’qigach, maktabda o’qiydigan o’g’liga baqirdi:
— Hadeb yastanib o’tiravermasdan, sen ham to’p tepsang o’lasanmi?
* * *
— Do’xtir, meni it tishlab oldi.
— Afsuski, yordam bera olmayman. Bizda bu kasalni davolash uchun dorilar mavjud emas.
— Nimadir qilish mumkindir, axir?
— Bo’pti, o’sha itni tutib keling. Basharasiga bir musht tushirib beraman.
* * *
— Toshmatov, analizlaringizning javobi chiqdi. O’ylaymanki, bir hafta ichida kasalxonamizni tark etasiz.
— Do’xtir, katta rahmat sizga!
— Bemor, siz meni noto’g’ri tushundingiz…
* * *
Erkak poezdda ketayotib qarasa, oyna oldida bir ayol yig’lab turibdi. Undan so’radi:
— Nega yig’layapsiz?
— Erim bekatda gazeta olish uchun pastga tushgandi. Poezd yurib ketib qoldi.
— Ha, sizga achinaman. Poezdda gazetasiz yo’l bosish dahshatning o’zi!
* * *
Ona timsoh o’g’lidan so’radi:
— Esingdami, dadang haqida gapirib, uni bir kun albatta senga ko’rsatishga va’da bergandim.
— Esimda.
— Unda narigi sohilga qara.
— Qaradim. Qandaydir erkak turibdi.
— Sen uning yelkasidagi sumkasiga nazar sol. Xudda o’sha sumka sening dadang bo’ladi.
loading…