“Har kuni uyqudan uyg’onganingda, senga 86400 dollar beriladi, yagona shart esa sen ularni kun davomida sarflab tugatishing zarur, qoldiqni uxlashga yotganingda sendan olib qo’yishadi – bu ana shunday in’om, ushbu o’yin istalgan vaqtda tugashi mumkin.
Savol: Sen bu pullarni nimaga sarflagan bo’larding?
U har bir dollarni o’zining shaxsiy o’yin-kulgisi, shuningdek, sevimli insonlari uchun ko’plab sovg’alar sotib olish uchun ishlatishini aytdi.
U mazkur sehrli bankning har bir sentini o’zi va atrofdagilar hayotiga baxt olib kelish uchun ishlatgan bo’lar edi. «Hatto bilmagan insonlari uchun ham, chunki o’ziga va yaqinlariga kuniga 86400 dollar ishlata olarmidi? Biroq nima uchun buni so’rayapsan?”
Ushbu sehrli bank har birimizda bor, bu — vaqt! Mo’l-ko’llik manbaidan doimiy ravishda soniyalar oqib tushadi… Har kuni ertalab uyg’onganimizda biz kuniga 86400 miqdoridagi kreditga ega bo’lamiz, kechqurun uxlashga yotganimizda esa zaxira tugaydi, kun davomida nima sodir bo’lganiga qaramay – tugab bitadi. Har kuni tongda sehrgarlik qaytadan boshlanadi, bizga yana 86400 soniya kreditga beriladi.
Chetlab o’tish mumkin bo’lmagan qoida asosida o’yin o’ynaymiz: bank hisobni istalgan onda ogohlantirishlarsiz yopib qo’yishi mumkin; hayot istalgan soniyada to’xtab qolishi mumkin. Kunlik 86400 soniyalarni nimaga ishlatamiz? Soniyalar dollarga qaraganda muhimroq-ku, shunday emasmi?”
Mark Levi. «Osmon va yer orasida”
Darhaqiqat, Mark Levi mazkur so’zlarni bejiz keltirmagan. Vaqt — oliy hakam. O’tayotgan har soniya – g’animat. Shunday ekan, vaqtning qadriga yetib, uning har bir onidan unumli foydalanish barchamiz uchun xayrli bo’lishi, shubhasiz.
loading…