1. Sobiq sovetlarning 8 martdagi timsoli sifatida mimoza guli tilga olinadi. Uni o’z vaqtida kumushrang akatsiya deb atashgan.
2. Ayollar bayramini qadimiy Rimda ham keng nishonlashgan. Rimlik erkaklar o’z ayollarini, opa-singil, ona va juftini qimmatbaho sovg’alar bilan siylagan. Shu kun dam olish kuni deb e’lon qilingan.
3. 1950 yili 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni SSSR ixtiyorida atom bombasi mavjudligini butun dunyoga ma’lum qildi.
4. 1910 yil 8 mart kuni fransiyalik uchuvchi ayol Eliz de Larosh dunyoning birinchi ayol uchuvchisi unvoniga ega bo’ldi.
5. Madagaskarda 8 mart faqat ayollar uchun dam olish kuni hisoblanadi. Xitoyda 8 mart ish kuni sifatida qabul qilingan. SSSR da esa 1966 yiligina 8 mart dam olish kuni deb e’lon qilingan.
6. An’anaga ko’ra Portugaliyada ayollar 8 martni hech qachon erkaklar davrasida nishonlamaydi.
7. 8 mart Suriyada inqilob kuni, Zambiyada yoshlar kuni, Malayziyada sulton kuni, Liberiyada urushlarda halok bo’lganlar kuni sifatida e’tirof etiladi.
8. Bir narsani ko’pchilik bilmaydi. Dunyoda Xalqaro erkaklar kuni ham mavjud. U 19 noyabrda nishonlanadi. Ilk bor bu kunni bayram sifatida Lotin Amerikasidagi Trinidad va Tobagoda nishonlashgan. Faqat bu kun ham oddiy ish kuni sanaladi. Hech kim dam olmaydi.
9. 8 mart kuni striptizchi va shoumen Tarzan (Sergey Glushko), aktyor Viktor Dobronravov, milliarder Andrey Melnichenko va shoumen Petr Drangalar tavallud topgan.
10. Hindistonda 8 mart kuni Xalqaro xotin-qizlar bayrami emas, Xoli yoki bo’yoqlar bayrami nishonlanadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…