KUN KULGISI…

 

Qasamxo’r har safar yaqin do’stidan pul qarz olardi-da, qaytarmasdi. Oxirgi marta pul so’rab borganda do’sti qarz berishni xohlamadi. Dunyoda nechta qasam bo’lsa, hammasini ichib ko’rdi. Do’sti yumshay qolmadi. Oxiri o’ylay-o’ylay, oxirgi qasamini ishga soldi. Ishonasizmi, shu qasamiga do’sti ishondi va pul qarz berdi.

Bu qanday qasam ekanini bilasizmi? Bilmaysiz.

Qasamxo’r shunday qasam ichgandi:

— AGAR QARZIMNI QAYTARMASAM, KORONAVIRUSGA UChRAB O’LAY-Y-Y!!!

 

loading…