KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

— Dadasi, mening nimamni ko’proq yaxshi ko’rasiz?

— Qalbingni.

— Nega?

— Chunki, u ko’zga ko’rinmaydi.

 

* * *

Kinoteatrda xotin erini turtdi.

— Anavi yoningizdagini qarang, uxlagani-uxlagan-a!

Er urishib berdi.

— Nima, meni uyg’otish uchun boshqa bahona topolmadingmi?

 

* * *

 

— Mening xotinim o’g’ri-bosqinchilardan o’lgudek qo’rqadi. Kechasi salgina tovushni eshitib qolsayam meni uyg’otaverardi. Keyin unga o’g’rilar ovoz chiqarmasdan kelishini uqtirdim.

— Xo’sh, endi uyg’otmay qo’ydimi?

— Qayoqda? Hammayoq jim-jit bo’lib qoldi deguncha uyg’otaveradigan bo’lgan.

 

* * *

 

Muallim:

— Qoldiq ovqatlar bilan oziqlanuvchi uy hayvonining nomini ayting!

O’quvchi:

— Suvarak.

 

* * *

 

— Dadasi, men bugun do’konda shunaqangi zo’-o’-o’r norkali palto ko’rdim. Narxiyam unchalik qimmat emas ekan.

— Xotinjon, kuyalarimiz bilan gaplashgandim. Ular oltmish yilga yetadigan oziqni g’amlab qo’yishibdi. Ortiqchasi kerakmasmish.

 

* * *

 

Erkak bank hisobchisiga baqirayapti:

— O’zingiz aytdingiz-ku 150 so’mlik qog’oz pulni hayotda ko’rmaganman deb! U holda qalbakiligini qaerdan bildingiz?

 

* * *

 

— Toshmatvoy, sen ko’proq kimga quloq solasan? Oyinggami, yo dadanggami?

— Oyimga.

— Nega?

— Chunki, oyim ko’proq gapiradi.

 

* * *

 

Ikkita pashsha shiftda o’rmalab yurardi. Biri ikknchisiga dedi:

— Odamlar g’irt ahmoq-da!

— Nega?

— O’zing o’yla, shiftni bezashga bir dunyo pul sarflashadi-yu, o’zlari polda yurishadi.

 

* * *

 

— Eshitishimcha, yangi qo’shnilaring xuddi kabutarlardek ajoyib juftlikmish.

— Ha, goh xotini oynadan uchib chiqib ketadi, goh eri!

 

* * *

Kasalxonaga miyasi qattiq chayqalgan erkakni olib kelishdi. Kasallik varaqasini to’ldirayotgan hamshira undan so’radi:

— Uylanganmisiz?

— Yo’q, mashina urib ketdi.

 

loading…