KIVI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Kivi ilk bor Shimoliy Xitoyning Yanszы vodiysida paydo bo’lgan.

2. Xitoyda bu meva turini «maymunlar shaftolisi» deb atashadi. Bunday deb atalishiga kivining ustki qismi tukchalar bilan qoplangani sabab bo’lgan.

3. Kivining hajmi deyarli tovuq tuxumi bilan teng va vazni 125 grammdan iborat.

4. Hozirgi paytda xitoyliklar kivining ichki qismi qizil rangda bo’lgan navini yetishtirish uchun ish olib borishmoqda.

5. 1992 yili Yangi Zelandiyada kivining «Oltin» degan navini yetishtira boshlashgan. Bu nav shubhasiz sariq rangda. 100 gramm oltin kivida 100 kilokaloriya mavjud. U ortiqcha vazndan xalos bo’lishda juda katta yordam beradi. Ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi.

6. Kivining yovvoyi turi atigi 30 gramm vaznga ega.

7. Kivini qumursqalar juda yomon ko’radi. Shuning evaziga bo’lsa kerak, kivining hosildorlik darajasi kamaymaydi.

8. Kivida apelsin va limondagiga qaraganda «S» vitamini ko’proq bo’ladi.

9. Kivi tarkibida antioksidant, vitamin va minerallar keragidan ham ko’p.

10. Kivini har qanday odam yesa bo’ladi. U allergiya chaqirmaydi. Faqat mutaxassislar bolalar va homilador ayollarga bu meva turini yeyishdan tiyilishni maslahat berishadi.

11. Kivi «Omega-3» moy kislotalariga ham boy. U yurak xastaliklari, insult, autizmga qarshi ajoyib dori vazifasini o’tay oladi.

12. Olimlarning izlanish natijalari shuni ko’rsatganki, kivi tarkibida xuddi aspiringa o’xshash kimyoviy modda ham yo’q emas. Shu sababli kivi qonni suyultirishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Tomirlarda qon tiqilishiga yo’l qo’ymaydi.

13. Bu meva tarkibida «A», «E», «K» vitaminlari, beta-karotin, lyutein va ksantinlar ko’p. Masalan, «K» vitamini suyaklarni mustahkamlashda asqotishi mumkin.

14. Kivini nonushta, tushlik va kechki ovqatdan yarim soat oldin yeyish tavsiya etiladi.

15. Kivi arterial qon bosimini tushirishda ham tengsizdir.

16. Lekin kivini ham me’yorida, ya’ni, kuniga ikki-uchtadan yeyish kerak.

17. Bu meva turi terini yoshartirish xususiyatiga ega.

18. Kivi eksporti bo’yicha hozir dunyoda Italiya, Yangi Zelandiya va Chili yetakchilik qilmoqda.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…