XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

AVSTRALIYa HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Qadimda Avstraliyada 30 mingdan ziyod mahalliy aholi yashagan.

2. Avstraliyaliklar kamdan-kam hollarda qonunbuzarlikka qo’l urishadi.

3. Bu davlatda yashovchilarning aksariyati qartaboz. Qarta o’yini uchun pulni ayashmaydi.

4. Avstraliya ayollarining asosiy qismi o’rtacha 85 yil umr ko’radi.

5. Zaharli jonivorlarning aksariyati aynan Avstraliyada yashaydi.

6. Agar avstraliyalik saylovga bormasa, jarimaga tortiladi.

7. Avstraliyadagi restoran va kafelarda choychaqa qoldirish rusum emas.

8. Avstraliyada shunday ilon borki, bir tomchi zahari bilan birdan yuz kishini o’ldiradi.

9. «Avstraliya» so’zi tarjima qilinsa, «janubdagi noma’lum mamlakat» ma’nosini beradi.

10. Avstraliyaliklarning asosiy qismi o’zaro ingliz tilida gaplashadi.

11. Avstraliyani quyonlar mamlakati deb atash ham to’g’ri bo’ladi. Bu mamlakatdagi quyonlar Xitoyning umumiy aholisidan ham ko’proq.

12. Avstraliyada 44 yil davomida plyajda cho’milishni taqiqlovchi qonun o’z kuchida bo’lgan.

13. Mamlakat aholisi kundalik hayotda asosan timsoh go’shti bilan oziqlanadi.

14. Avstraliyada metro yo’q.

15. Avstraliya fuqarolari gazetani ko’p o’qish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi.

16. Eng katta oltin koni ham shu mamlakatda joylashgan.

17. Avstraliyada o’rgimchakning 1500 taga yaqin turi mavjud.

18. Avstraliya dollari plastikdan yasaladi.

19. Dunyodagi eng yirik qurt ham Avstraliyada yashaydi.

20. Avstraliyada yoz mavsumi dekabrdan fevralgacha davom etadi.

21. Avstraliya g’arbida Xiller ko’li bo’lib, uning suvi pushti rangda.

22. Bu mamlakatda kuya sharafiga ham yodgorlik o’rnatilgan.

23. Evtanaziya (bemorni o’z roziligiga ko’ra in’yeksiya yordamida o’ldirish) Avstraliyada jinoyat hisoblanadi.

24. 1996 yildan beri Avstraliya fuqarolari sovuq quroldan foydalanishga haqsiz hisoblanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…