Ulfatlar hammomda cho’milishayotgandi. Telefon jiringlab qoldi. Ularning biri telefonni qo’liga oldi.
— Allo! Ha, jonim senmisan? Nima? Norkali shuba? Bo’pti, olaver! Pul qaerdaligini bilasan-ku! Etik ham olaman? Mayli, etik uchunam puldan ol keragicha! Nima? Ha-a, timsoh terisidan tikilgan sumkachaniyam olging keldimi? Olaver! Men roziman.
Erkak gaplashib bo’lgach, ulfatlaridan so’radi:
— O’rtoqlar, telefon kimnikiydi?
***
Erkak ko’chaga chiqsa, ikki uy naridagi boyvachcha qo’shnisining iti uvillayapti. Hayron bo’lib, yon qo’shnisidan so’radi:
— Boltaboyvachchaning iti nega uvillayapti?
— U oilasi bilan birga dala hovlisiga ketyapti.
— Itniyam o’zi bilan olib ketmoqchi, shekilli!?
— To’g’ri, olib ketadi. Adashmasam, it boyvachchaning xotini rulga o’tirishini oldindan sezdi, chamamda.
***
Er-xotin janjallashyapti.
Er:
— Iltimos, azizam, kel, yaxshilikchasiga ajrashaylik! Jonga tegib ketdi janjallashaverish!
— Yo’q, men rozi emasman. Bevaligimcha uylanganmisiz, bevaligimcha qoldirasiz!
***
Bojxonada bojxonachi o’zbekistonlik sayyohdan so’radi:
— Valyuta, qurol-aslaha, giyohvand moddalar?!
— Yo’q, rahmat! Ovora bo’lmang, inim! Bir piyola ko’k choy bersangiz yetadi!
***
— Eshmat, nega seni o’n besh kunga qamashdi?
— Oqqushlarni non bilan siylagandim.
— Ie, bu yaxshi-ku! Shunday savob ish uchun qamash kerak ekanmi?
— E, o’sha ishni teatrdagi «Oqqush ko’li» spektakli paytida qilgandim-da!