* * *
Poezd kupesida erkak yolg’iz o’tirardi. Bezori qo’lida pichoq bilan kirib dedi:
— Pullarni chiqar!
— Bir tiyin ham pulim yo’q, aka!
— Unda nega titrayapsan?
— Men «pravadnik» misiz deb o’ylabman.
* * *
O’g’ri asta begona kvartira eshigini ochdi. Shu payt ro’paradagi qo’shni kvartira eshigi qiya ochilib, ayol kishining boshi ko’rindi. Ayol o’g’riga shivirladi:
— Ular tilla taqinchoqlarini baland shkafning tortmasiga, pullarini esa gilamning ostiga berkitishadi.
* * *
Kissavur do’stiga hasrat qilayapti:
— Bir orzum bor. Kattakon bankni o’marsam-u, u yerda qaynonamning barmoq izlarini qoldirsam.
* * *
Qariya daryodan oltin baliq tutib oldi. Baliq unga dedi:
— Otaxon, qo’shningizning atigi bittagina sigiri bor. Siz bo’lsa, uchinchi marta mendan qo’shnining sigirini o’ldirib yuborishimni so’rayapsiz.
* * *
— Salom! Qaerda ishlayapsan?
— Hech qaerda.
— Nima bilan bandsan unda?
— Hech narsa bilan.
— Ha, sening bilganing bilgan.
— To’g’ri, lekin raqobatchilar jonga tegdi.
* * *
Ikki jinni suhbatidan.
— Issiq suvni o’chirib qo’yishdi. Endi nima qilsam ekan-a?
— Jinnimisan? Mana men issiq suvni o’chirishlaridan oldin vannani, yana uchta tog’orani issiq suvga to’ldirib oldim.
* * *
Yigit do’stinikiga kelib dedi:
— Kel, yuz ming so’mdan garov o’ynaymiz. Senikiga nega kelganimni topa olmaysan!
— Nega topa olmas ekanman? Qarz so’rab kelgansan.
— Topolmading. Qani, yuz mingni chiqar!
* * *
— Yaxshi qiz, har kulganingizda sizni opqochib ketgim kelayapti.
— Voy, meni sevib qoldingizmi?
— Yo’q, tish do’xtiriman.
* * *
Imtihon. Professor talabalarga dedi:
— Hoy orqa partadagilar, bir-birlaringga shpargalka uzatishni bas qilinglar!
— Bu shpargalkamas, qarta o’ynayapmiz.
— Shunaqami?.. Kechiringlar!
* * *
Qamoqxona kamerasiga yangi mahbusni olib kirishdi. Qolganlar u bilan tanishmoqchi bo’lishdi.
— Xo’sh, qachon tug’ilgansan?
— Parizod burjida-ku, lekin xo’roz yilida tug’ilganman.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit