* * *
Arab shayxi xotiniga dedi:
— Sen mening osmondagi Zuhro yulduzimsan! Oyimsan! Seni joni dilim bilan sevaman! O’tirsam ham, tursam ham, yursam ham, yugursam ham faqat seni o’ylayman, jonim!.. Bor, shu gaplarimni endi boshqa kundoshlaringgayam yetkaz!
* * *
Bir qizning boshida uch donagina sochi bor edi. Uni tug’ilgan kunga taklif etishdi. Uyga kelib onasiga dedi:
— Sochimni turmaklab qo’ying!
Ona turmaklay boshlagandi, bitta sochi uzilib tushdi.
— Bo’pti, — dedi ona, — Dum shaklida boylab qo’yamiz.
Boylay boshlagandi, ikkinchi sochi ham to’kilib tushdi. Atigi bir donagina soch tolasi qoldi. Qiz o’ylab turib qo’l siltadi.
— Mayli, oyi, sochim yoyilgan holdayam boraveraman.
* * *
Buqa o’t yeyayotgandi. Quyon chopib kelib unga baqirdi:
— Yo’qol, hozir dabdalangni chiqarib qo’yaman!
Buqa e’tibor qilmadi.
— Vey, dabdalangni chiqaraman! Teringni shilvolaman!
Buqa og’zidagi o’tni yeb bo’lgach, orqasi bilan quyonga yaqinlashdi-da… Ustini bulg’ab tashladi.
Quyon anchadan keyin go’nglar ostidan qoqina-qoqina chiqarkan, o’zicha maqtanib qo’ydi.
— O’l-a, baribir qo’rqib ketding-ku!
* * *
— Azizam, xohlaysanmi, zo’r fokus ko’rsataman?
— Keyin o’zingiz boqasizmi uni?
* * *
Kichkinagina chuvalchang yer ostida turib onasidan so’radi:
— Oyi, dadam qani?
— Dadang yigitlar bilan baliq oviga ketgan.
* * *
Bolakay o’zicha mulohaza qilyapti.
— Ilgari maktabda yomon o’qirdim. Har kuni direktorimiz oyimni maktabga chaqirtirardi. Hozir esa, yaxshi o’qiy boshladim. Vah, oyim bilan direktorimiz endi o’zlariga boshqa uchrashuv joyi qidirib qolishdi shekilli, ko’rinmay qolishdi.
* * *
Baliqchining chuvalchanglari tugab qolib nima qilishni bilmadi va o’ylay-o’ylay oxiri bir qog’ozga «ChUVALChANG» deb yozib qarmoqqa ildi. Ancha o’tirgach, qarmoqni suvdan chiqarib qarasa, boshqa bir qog’ozda yozuv turibdi.
«ChO’RTAN»
* * *
Bir qariya mashinani katta tezlikda boshqarib ketayotgandi, militsioner to’xtatdi.
— Xo’sh, uchganingizcha qaerga ketayapsiz?
— Akamning to’yiga shoshilyapman.
— Yoshingiz nechada o’zi?
— To’qsonda.
— Akangiz necha yoshda?
— Bir yuz yigirmada.
— Shu yoshdayam uylanarkanmi odam?
— Nimayam qilsin? Otamiz majburlab uylantiryapti-da.
* * *
— Eringiz bilan qanday yashayapsiz?
— Zo’r. U mening qulog’imga har kuni lag’mon osadi. Men o’sha lag’monni olaman-da, boshiga salla qilib o’rab qo’yaman.
* * *
Uzoq kelajak. Ikki bolakay tuvakda o’tirishibdi. Biri ikkinchisidan so’radi:
— Sening ota-onang qaysi chatda tanishishgan?