KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Er xotiniga dedi:

— Turli yoshartiradigan dorilarni ichib yurishingga qarshi emasman. Lekin bir narsa esingda bo’lsin, qizing bilan sening orangda kamida to’qqiz oy farq bo’lishi kerak.

 

* * *

 

Xotin olis safarga ketgach, er unga telegramma jo’natdi:

— Xotin, qoshiq, sanchqilar qaerda?

Xotin javob yozdi:

— Uyda uxlash kerak.

Ertasiga yana shunday savol-javob bo’lib o’tdi. Oradan ikki hafta o’tib xotin safardan qaytdi.

Er:

— Qoshiq, sanchqilarning qaerdaligini bir og’iz so’z bilan aytib qo’ysang bo’lardi-ku!

Xotin:

— Aytdim-ku uyda uxlash kerak deb!

Va u karavotdagi ko’rpa ostidan qoshiq va sanchqini olib eriga uzatdi.

 

* * *

 

O’quvchi muallimdan so’radi:

— Ustoz, daftarimga nima deb yozdingiz? Hech narsani tushunib bo’lmayapti.

— «Tushunadigan qilib yozgin» deb yozdim.

 

* * *

 

Ikki tanish uchrashib qolishdi.

— Men mashina sotib oldim.

— O’, zo’r-ku!

— Zo’r ham gapmi? Mashinang bo’lsa, hamma narsaga ulgurarkansan. Masalan, kecha ertalabdan kechgacha juda ko’p ishni bajarishga ulgurdim.

— Masalan, qanday ishni?

— Mashinaning moyini almashtirdim, yangi ballonlar sotib oldim, bozorga tushib mashinamga yangi qanot sotib oldim. So’ngra avtoservisga borib uyoq-buyog’ini sozlattirdim. Mashinam bo’lmasa, shuncha ishni bajarishga ulgurmasdim-da!

 

* * *

 

— Dada! Meni endi sinfimda eng yomon o’quvchi demay qo’yishdi.

— Nimaga?

— Mendan ham yomon o’qiydigan yangi o’quvchi keldi.

 

* * *

 

Yo’l chetida mushuk o’lib yotardi. Bolakay onasidan so’radi:

— Oyi, mushukka nima bo’ldi?

— U o’lib qoldi va osmonga chiqib ketdi.

— Ie, osmonga chiqqandan keyin uyoqdagilar mushukni qaytadan yerga tashlab yuborishdimi?

 

* * *

 

Qiz dugonasiga arz qilyapti:

— Kecha sevgan yigitim bilan uchrashuvga chiqsam, u menga so’lib qolgan gul sovg’a qildi.

— Sen uchrashuvga o’z vaqtida borishga harakat qilgin-da!

 

* * *

 

Ota o’g’lidan so’radi:

— Zoologiyadan a’lo baho olibsanmi?

— Ha.

— Qaysi savolga javob berding?

— Ustozim tuyaqushning oyog’i nechtaligini so’radi.

— Nima deb javob berding?

— Tuyaqushning oyog’i uchta dedim.

— To’xta, tuyaqushning oyog’i ikkita-ku!

— Hamma gap shunda-da! Boshqalar tuyaqushning oyog’i to’rtta deb javob berishdi.

 

* * *

 

To’rt yashar bola onasiga dedi:

— Bugun bog’chamizda bizni do’xtir tekshirdi.

— Nimani tekshirdi?

— Nafas olayotgan-olmayotganimizni tekshirdi.

 

* * *

 

Qushlar ko’rgazmasida uchta to’tiqush sotuvga qo’yilgan. Birining narxi yuz ming, ikkinchisiniki besh yuz ming, uchinchisiniki esa bir million so’m. Xaridorlardan biri so’radi:

— Nega manavi to’tining narxi yuz ming so’m?

— U ikkita tilda bemalol gapiradi.

— Besh yuz ming so’mligi-chi?

— U uchta tilda gapiradi.

— Xo’p, u holda anavi to’tining narxi nega bir million so’m? U qanday karomat ko’rsatadi?

— Hech qanday karomat ko’rsatmaydi. Bu to’ti anavi ikkalasining boshlig’i.