KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

— Iting mening poyabzalimni olib qochib ketdi!

— Aqldan ozdingmi?! Itim hech qachon oyoq kiyimda yurmagan.

 

* * *

 

Uyga o’g’ri kirib, u yoq-bu yoqqa qaradi. To’tiqush qafasda o’tiribdi, ovcharka it esa bemalol yotibdi, hech kimga e’tibor berayotgani yo’q. O’g’ri uydagi qimmatbaho buyumlarni yig’ishtira boshladi. Bir payt to’tiqush dedi:

— Ahmoq!

O’g’ri tutiqushning gapiga e’tibor qaratmasdan yana buyumlarni to’playverdi. To’tiqush yana dedi:

— Ahmoq!

Nihoyat, o’g’ri ishini tugatib, ketishga chog’landi. To’tiqush:

— Ahmoq!

— Nima, sen shu so’zdan boshqasini bilmaysanmi? — so’radi o’g’ri?

To’tiqush dedi:

— Fas!

 

* * *

 

Ayol olti yashar o’g’lini qaymoqqa jo’natdi. U do’konga kelib, sut idishni rastaga qo’ydi.

— Bolakay, senga nima kerak?

— Onam qaymoq olib kel, dedi.

— Idishingni to’ldirib solaymi?

— Onam to’ldirib solsin, dedi.

Uning idishini to’ldirib qaymoq quygach, sotuvchi dedi:

— Qani, endi pulini ber-chi.

— Onam aytdiki, pul idishning ichidaykan…

 

* * *

 

Qahvaxonaga bir odam it etaklab kirib keldi-da, o’sha yerdagilar bilan itining gapira olishi to’g’risida bahs bog’ladi. Ammo it gapirmadi. Haligi odam hammaning kulgisiga qolib, qahvaxonani tark etdi. Yo’l-yo’lakay u itiga dedi:

— Sen tufayli bir dunyo pul yutqazdim! Nimaga gapirmading o’zi?

— Xo’jayin! — javob qildi ko’ppak. — Ertaga siz bilan bahs bog’laydiganlardan qancha pul yutishingizni tasavvur qilyapsizmi?

 

* * *

 

Uy egasi ertalab hovliga chiqsa, daraxtda «Zaporojes» osilib turibdi. Bir notanish erkak daraxtga suyangancha sigaret chekayapti.

— Nima bo’ldi? Nega bu mashina mening daraxtimda osilib turibdi?

— Quloq sol, men bu mashinani sotib olayotganimda, benzinni ko’p yeydi, yo’lda ketayotib to’satdan buzilib qolishi ham mumkin deb ogohlantirishgandi. Ammo yaramaslar itdan qo’rqishini sir tutishgan ekan.

 

* * *

 

Aeroportdagi e’londan:

— Kompaniyamiz yangi xizmat turini tashkil etdi. Endi barcha vasiyatnomalaringizni samolyotimiz havoga ko’tarilmasdan turib salonning o’zida rasmiylashtiramiz!

 

* * *

 

Qizaloq keksa bobosidan so’radi:

— Bobojon, kallangiz nega bo’m-bo’sh?

 

* * *

 

Besh yashar bolaning mikrob tushmasligi uchun onasi tozalab yuvdi. Faqat qaynagan suv ichishi kerakligini, mikroblardan saqlanishi lozimligini tayinladi. Shunda bola onasiga dedi:

— Oyi, bilasizmi katta bo’lgach, nima qilaman?

— Nima qilasan?

— To’yib mikrob yeyman.

 

* * *

 

— Oyi, uchganda qanday holatga tushishimni unutib qo’ydim.

— Sen hech qachon uchmagansan-ku!

— Nega uchmas ekanman? O’zingiz «Seni laylak olib kelgan» degandingiz-ku!

 

* * *

 

Besh yashar bolakay onasiga dedi:

— Oyi, katta bo’lsam, meniyam qizim bo’ladi. Uni ertalab bog’chaga o’zim olib boraman. Undan keyin siz meni maktabga olib borib qo’yasiz.