DON JUANNING KUNDALIGIDAN:
***
— Agar ichmasangiz, chekmasangiz, qimor o’ynamasangiz… iqtisod qilingan pullarga oy oxirida faqatgina bitta muzqaymoq sotib olasiz.
***
— Agar delfinlar shunchalik aqlli bo’lishsa, nega o’zbekcha gapira olishmaydi?..
***
— Agar adashsangiz, qiz bilan adashing. Topilgingiz kelsa, uzoq vaqtdan so’ng topiling!
***
— Agar xotiningiz yomon kayfiyatda uxlab, yaxshi kayfiyatda uyg’onsa, tushida kimni ko’rganini surishtiring!
***
— Agar birovning holatiga tushmoqchi bo’lsangiz, o’z holatingizdan chiqqachgina bunga erisha olasiz.
***
— Agar bir o’q bilan ikki quyonni urgan bo’lsangiz, ikkovi uchun ham alohida-alohida javob berasiz.
***
— Agar cho’ntagingizda birovning qo’li borligini payqasangiz, militsiya chaqirishdan avval o’ylab ko’ring: shim o’zingiznikimikan?
***
— It agar hid olishni istamagan bo’lsa, biling, o’sha hidning nimasidir unga yoqmagan.
***
— Ayollar xuddi bolalarga o’xshashadi. Nima desang, “Yo’q” deb javob qilishni xush ko’rishadi.
Erkaklar ham bolaga o’xshashadi. Shu javobni jiddiy qabul qilishadi.
***
Maktabda bir yillik baholar qo’yilgan tabellarni o’quvchilarga tarqatishdi. Eshmat uyga kelib tabelni otasiga ko’rsatarkan, boshini eggan ko’yi dedi:
— Dada, asosiysi biz bolalaringiz sog’-salomat bo’lishimiz kerak. To’g’rimi?