KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Bolakay otasidan so’radi:

— Ota, nega oyimga uylangansiz?

Ota narida o’tirgan xotiniga yuzlandi-da, dedi:

— Ko’rdingmi, hatto bola hayron bo’lyapti!

 

* * *

 

Bor ekan, yo’q ekan, bizning zamonda Oh, Voh va O’h-o’ yashagan ekan.

Oh, juda qaysar, dangasa, nuqul uxlagani uxlaganakan.

Voh mehnatkash, to’g’riso’z va zamonaviychasiga aytganda, optimistakan.

O’h-o’ esa… Qanday odam bo’lganini bilmaymiz-u, ammo u ayollarga judayam yoqarkan.

 

* * *

 

Ayol yaqin dugonasiga dedi:

— Yaqinda kurortda dam olib qaytdim. U yerda ajoyib bir yigit bilan tanishib qoldim. U tanishganimizning birinchi kuni kaftimni asta silab qo’ydi. Ikkinchi kuni ehtiyotkorlik bilan tirsagimdan tutdi. Uchinchi kuni esa yelkamga qo’llarini qo’ydi… Ishonsang, judayam jahlim chiqdi bu qilig’idan. Shunday yelkamdan qo’llarini olib tashladim-da, «Nima, meni kurortda yarim yil qolib ketadi deb o’ylayapsizmi?..», deb baqirdim.

 

* * *

 

Yarim kechasi xotin eridan so’radi:

— Ha-a, nima bo’ldi? Qaerga ketyapsiz?

— Oshxonaning chirog’i o’chirilganmi-yo’qmi, qarab ko’ray-chi!

— Shunaqami? Mengayam bir bo’lak opkela qoling unda!

 

* * *

 

Erkak do’stidan so’radi:

— Har kuni erta tongda radio orqali badantarbiya eshittirishi bo’lyapti. Senam bajaryapsanmi?

— Ha, faqat bitta mashqini.

— Qay birini?

— «Derazaning bir qabatini oching» degan mashqini.

 

* * *

 

Erkak besh yashar o’g’liga topishmoq aytdi:

— Bir semiradi, bir ozadi, ovozi olamni tutadi. Bu nima? (garmon)

Bola o’ylab o’tirmay shunday javob qildi:

— Oyim.

 

* * *

 

— Allo! Toshmatvoy, bu men Eshmat amakingman! Dadang uydami?

— Yo’q.

— Dam olishga ketdimi nima balo?

— Yo’q, oyim bilan ketdi.

 

* * *

 

Savol:

— Nima uchun erkaklar yarim tunda uyqudan uyg’onib o’rnidan turadi?

Javob:

— 31 foizi hojatxonaga kiradi, 12 foizi oshxonaga o’tadi, 57 foizi uyiga jo’naydi.

 

* * *

 

Ayolning hayoti uch qismga bo’linadi.

1. Ota-onasining asabiga tegadi;

2. Erining asabiga tegadi;

3. Kelinning adabini beradi.

 

* * *

 

Kardiolog bemordan so’radi:

— Xo’sh, kuniga qanchadan konyak ichyapsiz?

— Ikki yuz grammdan.

— Nima? Axir, men yuz grammga ruxsat bergandim-ku!

— To’g’ri, ammo terapevt ham yuz grammga ruxsat berdi.

O. HAYIT tayyorladi