Kun kulgisi

Armandan so’rashdi:

— Ayollar erkaklarga nisbatan uzoq yashashi rostmi?

— Yo’q, faqat beva ayollargina erkaklardan uzoqroq yashaydi.

***

Xitoylik Moskva sayohatidan qaytdi. Uyidagilar so’rashdi:

— Xo’sh, Moskva qanaqa ekan?

— Odam kam, metroga kirsang, undanam battar, vagonlarning yarmi bo’m-bo’sh!

***

Yigit do’stiga dedi:

— Ilgari uylanishdan juda qo’rqardim. Lekin hayot ekan-da, baribir, uylandim!

— Endi-chi? Qo’rquv masalasi qanday bo’lyapti?

— O’shanda behuda qo’rqmagan ekanman.