KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Yangi yil bayramini olisdagi ota hovlisida nishonlab uyga qaytgan ayol oshxonada sochilib yotgan bo’sh shishalarni ko’rib qoldi va eridan so’radi:

— Bu shishalar qaerdan paydo bo’ldi?

— Hayronman. Biror martayam bo’sh shisha sotib olmagandim.

 

* * *

 

Juhud ayol farzandini vrach huzuriga olib kelib dedi:

— Do’xtir, ko’ring-chi, bolamga nima bo’ldi ekan! Uch yoshga qarab ketyapti, hali skripka chalishni bilmaydi-ya!

 

* * *

 

Piyodani «Mersedes» urib ketdi va oyog’i sindi. Sudda u haydovchi yuz ming dollar tovon puli to’lashini talab qildi. Haydovchi:

— Nima, siz meni millioner deb o’ylayapsizmi?

— Siz-chi? Meni qirqoyoq deb o’ylayapsizmi?

 

* * *

 

Olis qishloqlardan biri. Besh yashar bolakay otasidan so’radi:

— Dada, biznikigayam haqiqiy Qorbobo keladimi?

— Yo’q, o’g’lim, haqiqiy Qorbobo hozir shaharda yuribdi. Biznikiga Xitoy Qorbobosi keladi.

 

* * *

 

Muallima beshinchi sinf o’quvchilaridan so’radi:

— «U uy tozalayapti», «Sen uy tozalayapsan», «Ular uy tozalashyapti». Qaysi zamonda?

— Yangi yil arafasida bo’lsa kerak.

 

* * *

 

Kabutar ishqibozi tarbiyalagan qushlarini oshnasiga ko’rsatib dedi:

— Xat tashuvchi kabutarlarni to’tiqushlar bilan chatishtiryapman.

— Nimaga?

— Pochtachi kabutarlar adashib qolishsa, hech bo’lmaganda yo’lni so’rash uchun kerak bo’p qolar.

 

* * *

 

Uyga o’g’ri kirib, u yoq-bu yoqqa qaradi. To’tiqush qafasda o’tiribdi, ovcharka it esa jimgina yotibdi, hech kimga e’tibor berayotgani yo’q. O’g’ri uydagi qimmatbaho buyumlarni yig’ishtira boshladi. Bir payt to’tiqush dedi:

— Ahmoq!

O’g’ri tutiqushning gapiga e’tibor qilmasdan yana buyumlarni to’playverdi. To’tiqush yana dedi:

— Ahmoq!

Nihoyat, o’g’ri ishini tugatib, ketishga chog’landi. To’tiqush:

— Ahmoq!

— Nima, sen shu so’zdan boshqasini bilmaysanmi? — so’radi o’g’ri.

To’tiqush dedi:

— Fas!

 

* * *

 

Ayol olti yashar o’g’lini qaymoqqa jo’natdi. U do’konga kelib, sut idishni rastaga qo’ydi.

— Bolakay, senga nima kerak?

— Onam qaymoq olib kel, dedi.

— Idishingni to’ldirib solaymi?

— Onam to’ldirib solsin, dedi.

Uning idishini to’ldirib qaymoq quygach, sotuvchi dedi:

— Qani, endi pulini ber-chi.

— Onam aytdiki, pul idishning ichidaykan…

 

* * *

 

Ikkita kal odam bahslashyapti:

— Sen mendan ko’ra kalroqsan!

— Nimaga endi? Axir ikkimizning ham boshimizda bir dona tuk yo’q-ku!

— Ammo sening boshing menikidan ikki barobar katta!

 

* * *

 

Arman va gruzin tanishishyapti:

— Ismim Vano! Bu ruschasiga Vanya degani.

— Meniki Akop. Ruschasiga transheya deyiladi.

 

* * *

 

— Gogi, sen ham ba’zan cho’milib chiqasan-u, lekin badaning qichishaveradimi?

— Yo’q.

— Nahotki? Nega?

— Chunki men hech qachon cho’milmayman.

 

* * *

 

Aeroportdagi e’londan:

— Kompaniyamiz yangi xizmat turini tashkil etdi. Endi barcha vasiyatnomalaringizni samolyotimiz havoga ko’tarilmasdan turib salonning o’zida rasmiylashtiramiz!