1. Oq ayiq boshqa ayiqlardan farqli o’laroq qishda uxlamaydi. Faqat urg’ochisi homilador bo’lsa, o’shalar uxlashi mumkin.
2. Oq ayiqning bolalari onasi ovdan qaytguncha inida o’tirib vaqt o’tkazadi.
3. Oq ayiqning juni yog’li va suvyuqmasdir. U sovuq suvda cho’milsa ham junlari quruqligicha qoladi, ayiqning o’zini esa sovuqdan himoya qiladi.
4. Oq ayiqning odamlardan bo’lak dushmani yo’q. U 25 yilgacha umr ko’radi.
5. Oq ayiqning erkagi bolalari dunyoga kelgach, o’zi egallab turgan hududni ularga qoldiradi. Bolalar onasi bilan birga o’sha hududda tirikchilik qila boshlaydi. Erkagi esa uddasidan chiqsa, o’ziga boshqa makon izlab topadi. Topa olmasa, ochlikdan o’lib ketadi.
6. Oq ayiqning erkagi va urg’ochisi hajm, vazn jihatidan keskin farqlanadi. Ulkan erkak oq ayiqning uzunligi 3 metr, vazni 800 kilogrammgacha yetadi. Urg’ochisining uzunligi va vazni erkaginikidan ikki hissa kam bo’ladi.
7. Oq ayiqning asosiy yemishi baliq va dengiz mushuklari hisoblanadi.
8. Oq ayiq qor ostidan ko’p xonali in quradi. Urg’ochi qishda xuddi shu inda uyquga ketadi.
9. Oq ayiq suvda soatiga 10 km tezlikda suza oladi. U to’xtamasdan 150 kilometr masofani suzib o’tishi mumkin.
10. Yangi tug’ilgan oq ayiq bolasining vazni 1 kilogramm atrofida bo’ladi.
11. Oq ayiqlar tozalikni xush ko’radigan jonzot. Ular kuniga yarim-bir soatlab cho’milishadi.
12. Oq ayiq o’ljasi muz ustida bo’lsa, uni 30 kilometr uzoqlikdan o’zining hid olish imkoniyatlari yordamida sezadi.
13. Oq ayiqning juni oq bo’lsa-da, terisi qora rangda.
14. Mutaxassislar yer yuzidagi eng ulkan oq ayiqni alohida ro’yxatga olishgan. Bu ayiqning vazni o’shanda 1 tonnaga teng bo’lgan ekan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Yanada qiziqarli faktlar boʻlsa yoʻq demas edim