***
Sport mahsulotlari do’konida. Xaridor yangi parashyut sotib oldi va sotuvchidan uni qanday ishga solish haqida so’radi.
— Manavi aylanani mahkam tortsangiz, parashyut ochiladi.
— Ochilmasa-chi?
— Unda manavi kichkina aylanani tortasiz.
— Undayam ochilmasa-chi?
— U holda… Do’konga kelib boshqasiga almashtirib olasiz.
***
Marshrut taksisi eshigidagi yozuvdan:
— “Kim qattiqroq mashina eshigini yopadi?” degan tanlov e’lon qilindi. G’olibga sovg’a sifatida shaxsan haydovchining o’zi montirovka hadya etadi.
***
— Dada, menga do’mbira olib bering!
— Endi uyda ortiqcha shovqin-suron yetmay turgandi.
— Olib beravering! Do’mbirani faqat siz uxlagan paytingizda chalaman.
***
Jinni do’kon eshigi oldiga keldi. Eshikdagi “Ochiq” degan yozuvni ko’rgach, ichkariga kirdi. Chiqib ketayotib eshikdagi “Yopiq” degan yozuvni ko’rdi-yu… To do’kon yopilmaguncha ostonada o’tirib vaqt o’tkazdi.
***
Kit xotinining atrofida suzib aylanarkan, norozi so’zlana boshladi:
— Qara, mamlakatlar ko’p. Ekologik tashkilotlar milyonta. Hamma bizning avlodimiz yo’qolib ketmasligi uchun kurashyapti. Sen bo’lsang, “Boshim og’riyapti” deganing-degan.
***
Ona timsoh bolasini urishyapti:
— Bugun sen ahmoq tag’in maymunlar bilan o’ynadingmi? Uyatmasmi senga? Unutma, biz oliy tabaqadanmiz! Dadang elchixonada diplomat bo’lib ishlaydi-ya!
***
O’likxona devoridagi yozuvdan:
— Bu yerda men yotganman!
***
Poezd tovuqni bosib o’tib ketdi. Tanasi bir yoqqa, boshi bir yoqqa uchib ketgandi. Birozdan so’ng xo’roz bir chetda yotgan boshning tepasiga keldi-da, alam aralash so’z qotdi:
— Menga uyalmay ko’z suzishini qaranglar! Noz qilib qochmaganingda, shu ishlar bo’lmasdi.
* * *
Er-xotin janjallashyapti.
Er:
— Iloyo bir umr tipratikon tug’ib o’tgin!
Xotin:
— Iloyo siz menga doyalik qiling!
* * *
Jinni uyali telefonlar saloniga kelib dedi:
— Kechagina sizlardan telefon sotib olgandim. Ishlamayapti.
— Nega ishlamaydi? Biz shu yerning o’zida tekshirib bergandik-ku!
— Mana, qaranglar, men o’z raqamimga qo’ng’iroq qilsam, doim band ko’rsatyapti.
Olimjon HAYIT tayyorladi