***
Aytishlaricha, Oyshaxonning onasi matematikadan juda yomon o’qigan ekan. Shuning uchun ham Oyshaxon tug’ilibdi.
***
Marshrut taksi eshigidagi e’londan:
— Yo’lovchilar, eshikni qattiq yopmanglar! Eshik joyidan ko’chib oyoqlaringizga tushishi mumkin!
***
Folbin mijoz ayolga dedi:
— Singlim! Eringiz xavf ostida. Yaqinda beva bo’lib qolasiz.
— Buni o’zim ham bilaman. Siz menga oqlanamanmi-yo’qmi, shuni ayting!
***
O’quvchi:
— Fuqarolar urushi 1812 yilda bo’lgan.
Muallim:
— Shundaymi? Balki, bizga shu urushni ta’riflab ham berarsan?
O’quvchi:
— Bu urushda Rossiya va Fransiya fuqarolari jang qilishgan.
***
Qush bo’lib tug’ilish juda yomon. Chunki, tuqqan onangni erkalanib o’pmoqchi bo’lasan-u, cho’qib olgan bo’lib chiqaverasan.
***
Bir haydovchining hasratidan:
— Oshna, bizning mahalliy mashinalarga xavfsizlik yostiqchasining nima keragi bor-a? To’g’ri aytdimmi? Masalan, bizda tibbiy xizmat bepul bo’lsa, buning ustiga imtiyozlilarni ham bepul dafn etishadi.
***
To’g’ri, baxt cho’ntakdagi pulning qanchaligi bilan belgilanmaydi. Ammo ko’pchilik avtobusdan ko’ra “Limuzin” yoxud BMV salonida o’tirib yig’lashni ma’qul ko’radi.
***
Geometriya fani qonunlariga ko’ra, sevgi uchburchagi uchta burchakdan biri ahmoq va go’l bo’lgandagina mavjud bo’ladi.
***
Foydali maslahat:
— Bildingki, kimlardir senga chuqur qaziyapti. Xalal bera ko’rma. Qazib bo’lishsin. Yaxshigina basseynli bo’lib qolasan.
***
— Do’xtir, bu jarohatdan so’ng ayollar haqida umuman o’ylamaymanmi?
— Aslo. Men buni skeleroz bo’yicha buyuk mutaxassis sifatida aytyapman.
Olimjon HAYIT tayyorladi