* * *
Xitoyliklar Pentagon kompyuter tizimini buzib kirishdi. Voqea shunday bo’lgandi:
1. Har bir xitoylik bittadan parol terib ko’rdi.
2. Har ikkinchi parol «Mao Szedun» edi.
3. 743571810- urinishdan so’ng kompyuterning o’zi «Mao Szedun»ligini tan oldi.
* * *
Ijrochi direktor korxona bosh direktoriga dedi:
— O’rtoq boshliq, men qanday qilib hisobimizdagi pulni iqtisod qilish yo’lini topdim!
— Ie, ishdan bo’shamoqchimisan?
* * *
It maqtandi:
— Oh, yaqinda xo’jayinnikida katta to’y bo’ladi! Maza qilaman!
Tovuqlar bu gapni eshitib og’ir xo’rsingancha ters burilishdi.
* * *
Evreydan so’rashdi:
— Tasavvur qiling, beshta olmangiz bor. Shularning yarmini do’stingizga bersangiz, o’zingizda nechta olma qoladi?
— Beshta.
* * *
Xotin eriga dedi:
— Meni kechiring!
— Nega?
— Bugun tushlik paytida ishxonangizga kirib, kostyumingiz kissasidan uch yuz dollar olgandim.
— Hechqisi yo’q, men u ishxonadan ketganimga ikki hafta bo’ldi.
* * *
Sudya ayblanuvchiga dedi:
— Tabriklayman! Siz sudimiz tarixidagi o’n minginchi jinoyatchisiz. Shu munosabat bilan mukofot sifatida sizga bir imkoniyat beraman. Jazoni qaysi turmada o’tashni o’zingiz hal qiling. Xo’sh, qaysi turmada jazoni o’tamoqchisiz?
— Ayollar turmasida.
* * *
— Bilasanmi, DAN xodimlari keyingi paytda umuman hushtak chalmaydigan bo’lib qolishdi.
— Uyalishyaptimikan?
— Yo’q, «hushtak chalsa, cho’ntakka pul tushmaydi» degan aqidaga amal qilishyaptiykan.
* * *
Xotin eriga dedi:
— Anavi yo’lning narigi chetidagi qo’shnilarga hech qachon yeta olmasak kerak. Qarang, ularning uyini o’g’rilar ikki marta o’marib ketishdi. Biznikiga bo’lsa, hali bir martayam o’g’ri tushgani yo’q.
* * *
Direktor yordamchisi lavozimiga ishga kirayotgan erkakdan so’rashdi:
— Tasavvur qiling. Ikki kishilik mashinada ketyapsiz. Yo’lda uch yo’lovchi sizni to’xtatib, olib ketishni iltimos qildi. Ularning biri rahbaringiz, ikkinchisi o’rta yashar ayol, uchinchisi yosh qiz. Qanday yo’l tutardingiz?
— Mashinadan tushib kalitni rahbarimga berardim va o’rta yashar ayolni olib ketishini iltimos qilardim. O’zim esa, yosh qiz bilan qolardim.
* * *
Ikki folbin uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisidan so’radi:
— Xo’sh, mening ishlarim qalay?
Olimjon HAYIT tayyorladi