* * *
— Bu «Tez yordam»mi? Tez kelinglar, xotinimni to’lg’oq tuta boshladi!
— Tinchlaning!.. Bu uning birinchi farzandimi?
— Jinnimisiz? Bu uning eri!
* * *
Ona timsoh bolasini urishyapti:
— Bugun sen ahmoq tag’in maymunlar bilan o’ynadingmi? Uyatmasmi senga? Unutma, biz oliy tabaqadanmiz! Dadang elchixonada diplomat bo’lib ishlaydi.
* * *
Qorovul bog’da olma o’g’irlayotgan bolani tutib oldi.
— Men senga hozir olma o’g’irlash qanaqaligini o’rgatib qo’yaman!
— Xudoga shukr-ey, tezroq o’rgata qoling! Bugunning o’zida uch marta qo’lga tushdim!
* * *
— Uy sharoitida pishloq tayyorlash qanchalar qiyin ekanini bilsang edi…
— Nega qiyin?
— Chunki avval uy sotib olish lozim.
* * *
Qishloq. Tun. Bobo va nevara ko’chada o’tirishibdi. Shu payt tepadan samolyot uchib o’tib, undan parashyutchi pastga sakradi.
— Bobo, anavi kim?
— Sapyor.
— Qaerdan bilasiz sapyorligini?
— Axir, mina qo’yib tashlangan maydonga sapyordan bo’lak kim ham sakrardi?
* * *
O’likxona devoridagi yozuvdan:
— Bu yerda men yotganman!
* * *
Poezd tovuqni bosib o’tib ketdi. Tanasi bir yoqqa, boshi bir yoqqa uchib ketgandi. Birozdan so’ng xo’roz bir chetda yotgan boshning tepasiga keldi-da, alam aralash so’z qotdi:
— Uyalmay ko’z suzishini qaranglar! Menga noz qilib qochmaganingda, shu ishlar bo’lmasdi.
* * *
Tish do’xtiri kabinetida mijoz katmonini qo’liga oldi. Vrach unga dedi:
— Yo’q, bugun pul to’lashingiz shart emas.
— Bilaman. Men ham sizga pul to’lamoqchi emasman. Narkoz berishingizdan oldin qancha pulim borligini aniqlab qo’ymoqchiman, xolos.
* * *
Ikki kotiba boshliqlarini muhokama qilishyapti.
— Xo’sh, sening boshlig’ing qalay?
— Zo’r. Bir oy avval shuba sovg’a qilgandi. Keyin brilliant uzuk taqdim etdi. Yaqinda… Ishonasanmi, qo’limni so’radi.
— Voy yaramas-ey, pul tejashni boshlabdi-da!
* * *
Er-xotin janjallashyapti.
Er:
— Iloyo bir umr tipratikon tug’ib o’tgin!
Xotin:
— Iloyo siz menga doyalik qiling!
Olimjon HAYIT tayyorladi