Har yili Saudiya Arabistonida muntazam tarzda o’tkazib kelinayotgan tuyalar go’zallik tanlovida 12 ta ishtirokchi labini botoks qildirgani uchun musobaqadan chetlashtirildi.

Buni qarangki, tuyalar egasi uni yana ham chiroyli bo’lsin, deb lablarini shishirishar ekan.

Mazkur festival Ar-Riyod shahrida 28 kun mobaynida bo’lib o’tadi va o’z ichiga go’zallik tanlovidan tashqari poygalar, tuya o’rgatish mahorat darslari va tuya juni bilan ishlash kabi o’quv mashg’ulotlarini ham qamrab oladi.

Musobaqaning mukofot jamg’armasi 57 million dollarni tashkil etadi.