* * *
Qush bo’lib tug’ilish juda yomon. Chunki, tuqqan onangni erkalanib o’pmoqchi bo’lasan-u, cho’qib olgan bo’lib chiqaverasan.
* * *
To’g’ri, baxt cho’ntakdagi pulning qanchaligi bilan belgilanmaydi. Ammo ko’pchilik avtobusdan ko’ra «Limuzin» yoxud BMV salonida o’tirib yig’lashni ma’qul ko’radi.
* * *
Geometriya fani qonunlariga ko’ra, sevgi uchburchagi uchta burchakdan biri ahmoq va go’l bo’lgandagina mavjud bo’ladi.
* * *
— Do’xtir, bu jarohatdan so’ng ayollar haqida umuman o’ylamaymanmi?
— Aslo. Men buni skeleroz bo’yicha buyuk mutaxassis sifatida aytyapman.
* * *
Ikki do’st uchrashib qolishdi.
— Eshitishimcha, uylanganmishsan. Rostmi?
— Ha.
— Xo’sh, xotining qalay ekan?
— Do’stlarimning maqtashlaricha, zo’r emish.
* * *
Sport mahsulotlari do’konida. Xaridor yangi parashyut sotib oldi va sotuvchidan uni qanday ishga solish haqida so’radi.
— Mana bu aylanani mahkam tortsangiz, parashyut ochiladi.
— Ochilmasa-chi?
— Unda manavi kichkina aylanani tortasiz.
— Undayam ochilmasa-chi?
— U holda… Do’konga kelib boshqasiga almashtirib olasiz.
* * *
Ma’lumot berishlaricha, erkakning qalbiga yo’l go’zal ayollar uchun oshqozon, xunuk va shallaqi ayollar uchun jigar orqali o’tarkan.
* * *
Marshrut taksisi eshigidagi yozuvdan:
— «Kim qattiqroq mashina eshigini yopadi?» degan tanlov e’lon qilindi. G’olibga sovg’a sifatida shaxsan haydovchining o’zi montirovka hadya etadi.
* * *
Avtobusda:
— Agar qari kampirga hech kim joy bo’shatishni istamayotgan bo’lsa, bu ishni men — haydovchi hoziroq amalga oshiraman.
* * *
Kit xotinining atrofida suzib aylanarkan, norozi so’zlana boshladi:
— Qara, mamlakatlar ko’p. Ekologik tashkilotlar milyonta. Hamma bizning avlodimiz yo’qolib ketmasligi uchun kurashyapti. Sen bo’lsang, «Boshim og’riyapti» deganing-degan.
Olimjon HAYIT tayyorladi