* * *

Boyvachcha mashinasida ketayotib ikki nafar piyodani urib yubordi. Uni sud qilishyapti.

Sudya:

— Xo’-o’sh, aka, anavi old oynangizni boshi bilan urib sindirgani besh yil oladi. Daraxtlar orasiga uchib kirib ketgani esa voqea joyidan yashirinishga uringani uchun sakkiz yilga qamaladi.

* * *

Talaba imtihonda savollarga javob beryapti. Professor uzoq vaqt uni tinglab turdi-da, kutilmaganda cho’ntagidan dastro’molchasini olib ko’z yoshlarini artdi.

Talaba:

— Domla, nima bo’ldi? Boshingizga tashvish tushdimi?

— Yo’q, o’g’lim, hammasi yaxshi! Men… Harbiy xizmatga jo’nab ketayotganlarni ko’rsam, yig’lagim kelaveradi.

* * *

Ikki quruvchi suhbatlashyapti.

— Oshna, nima bo’ldi? Nega seni brigadir ishdan haydab yubordi?

— Bilasanmi, brigadir boshqalarning ishini kuzatib yuradigan odam.

— Bilaman. Nega endi aynan seni ishdan haydadi?

— Hasad qildi menga.

— Nega?

— Chunki, shu kungachayam meni brigadir deb o’ylab yurarkan.

* * *

— Oyi, bugun maktabimizda ziyofat bor ekan. Maylimi, anavi brilliant ko’zli uzugimni taqib borsam?

— Yo’q.

— Nega endi? «Ferrari»mga tekkizmaysizlar, brilliant uzukni taqtirmaysizlar, o’nlab norkali shubalarim bor, kiydirmaysizlar. Qachon foydalanaman, axir ulardan?

— Dadang pensiyaga chiqsin, o’shanda foydalanasan. Hozir u oddiygina yo’l patrul xizmati xodimi, xolos.

* * *

— Salom! Bu muloyim ohangda xizmat ko’rsatish tashkilotimi?

— Yo’q, eshak! Bu arzon mollar do’koni!..

* * *

Tiqilinch avtobusda tovoni bilan turib ketayotgan erkak qichqirdi:

— O’rtoqlar, iltimos, sal surilinglar! Bo’lmasa, boshlaringga chiqib ketaman hozir!

Shunda kal kishi boshini siypalab qo’ydi-da, o’zicha g’udrandi:

— Iloyo sirg’anib yiqilib tushgin!

* * *

Nega pashsha ayoldan yaxshi?

— Pashsha faqat yozdagina odamning joniga tegadi.

— Pashsha sizni boshqa pashshaga rashk qilmaydi.

— Pashshaning hech qachon boshi og’rimaydi.

— Pashsha qorindor erkaklarni xush ko’radi.

— Pashshaga pulingiz bormi-yo’qmi, baribir.

* * *

Aytishlaricha, Oyshaxonning onasi matematikadan juda yomon o’qigan ekan. Shuning uchun ham Oyshaxon tug’ilibdi.

* * *

Marshrut taksi eshigidagi e’londan:

— Yo’lovchilar, eshikni qattiq yopmanglar! Eshik joyidan ko’chib oyoqlaringizga tushishi mumkin!

* * *

E’LON:

— Tashkilot hisobchi qidirmoqda. Mukofotiga kafolot beramiz!

* * *

Folbin mijoz ayolga dedi:

— Singlim! Eringiz xavf ostida. Yaqinda beva bo’lib qolasiz.

— Buni o’zim ham bilaman. Siz menga oqlanamanmi-yo’qmi, shuni ayting!

* * *

O’quvchi:

— Fuqarolar urushi 1812 yilda bo’lgan.

Muallim:

— Shundaymi? Balki, bizga shu urushni ta’riflab ham berarsan?

O’quvchi:

— Bu urushda Rossiya va Fransiya fuqarolari jang qilishgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi