***
— Sizning kambag’al qarindoshlaringiz bormi?
— Bilmadim. Men ularni tanimayman.
— Badavlat qarindoshlaringiz-chi?
— Ular meni tanishmaydi.
***
— Vey, oshna, nega seni ayollar yaxshi ko’radi-a?
— Chunki, men aqlli, mehribon va kelishgan yigitman.
— Unda nega birontasiga uylanmaysan?
— Aytdim-ku, aqlliman deb!
***
Er baliq ovidan qaytib uyga kirishdan avval xotinidan so’radi:
— Uyda kim bor?
— Kiravering!.. Mushugimizga do’kondan konserva olib kelib berganman!
***
— Do’xtir, rentgenogrammadagi nima?
— Bumi? O’qishni tugatib diplom olgandan keyin kursdoshlar bilan esdalik uchun suratga tushgandik.
***
Besh yashar bolakay oshxonadan qovog’ini uygancha chiqib keldi. Otasi undan so’radi:
— Nima bo’ldi, o’g’lim?
Bola burnini torta-torta javob qildi:
— Hozirgina sizning xotiningiz bilan janjallashib qoldim.
***
Ikki do’st uchrashib qolishdi.
— Ishlar qalay?
— So’rama! Kecha kvartiram yonib ketdi, dala hovlimga o’g’ri tushib borimni o’marib ketibdi, bankimni ham o’sha o’g’rilar ship-shiydon qilib ketishibdi. Rasvo bo’ldim!..
— Ha, oshna, bunday ham yomoni bo’lmasa kerak.
— Afsuski, bo’larkan. Ertalab kelayotsam, oldimdan qora mushuk o’tib ketdi. Yaramas, o’tayotib tilini chiqarib meni ermakladi.
***
Boyvachcha xotini bilan mehmondorchilikda o’tirardi. Uy bekasi kelib dedi:
— Kechirasizlar, bolangizga qaraydigan enaga kishanlarni qaerga qo’yganingizni so’rayapti!
***
— Oyi, farishta qanaqa bo’ladi?
— Kichkinagina, qanotchalari bor, uchib yuradi.
— Tishlaydimi?
***
Maktabda bezorilik qilib nom qozongan bola ulkan daraxt ro’parasiga keldi-da, dedi:
— Hozir bir urib buyragingni tushirib qo’yaymi?!.
***
— Bas, men sizday xasis bilan ortiq yashay olmayman! Mana, nikoh uzugingizni qaytarib oling!
— Ie, buning qutichasi qani?
Olimjon HAYIT tayyorladi