* * *
Juhudlar baliqni yeb bo’lgandan keyin qiltanog’ini tish tozalash uchun ishlatisharkan.
* * *
Tog’. Cho’pon qo’ylarini haydab ketib borardi. Shu payt qo’l telefoni jiringlab qoldi. Telefon ovozini eshitgan qo’ylar taqqa to’xtab cho’pon tomonga qarashdi. Cho’pon esa, kim bilandir gaplashib bo’lgach, telefonni cho’ntagiga solarkan, qo’ylarga dedi:
— Xavotirlanmanglar, meni so’rashibdi!
* * *
Tunda och holda uchib borayotgan pashsha vampirga duch keldi va so’radi:
— Janob vampir, yuzlaringiz qon, qaerda bo’ldingiz?
— Hov anavi ko’lni ko’ryapsanmi?
— Ha.
— Minorani-chi?
— Ko’ryapman.
— Xuddi o’sha minoraga urilib ketdim.
* * *
— Bilasanmi, Aziza, men futbol tomosha qila boshlasam, butun dunyoni unutaman.
— Mening ismim Azizamas, Oysha!
* * *
Qamoqxona kamerasiga yangi mahbusni olib kirishdi. Qolganlar u bilan tanishmoqchi bo’lishdi.
— Xo’sh, qachon tug’ilgansan?
— Parizod burjida-ku, lekin xo’roz yilida tug’ilganman.
* * *
Starshina shu harakat qilsa ham botinkasini kiya olmadi. Shunda oddiy askar maslahat berdi:
— O’rtoq starshina, avval tilni chiqarib oling!
Starshina unga qarab turdi-da, shartta tilini chiqardi.
* * *
Yarim kechasi ikki qo’shni uchrashib qolishdi. Biri qo’lida nimadir to’ldirilgan og’ir chelakni ko’tarib borardi. Boshqasi undan so’radi:
— Nima olib ketyapsiz?
— E, pullik hojatxonaga ishga joylashgandim. Birdan taftishchilar kelib kamomat topishdi. Shunga… Kamini to’ldirish uchun uydan olib ketyapman…
* * *
Erkak ketib borayotgan tramvay ortidan chopayotib ko’lmak suvga yiqilib tushdi. O’tkinchi uning tepasiga kelib dedi:
— Nima, suzib borsang, tramvayga yetib olarmiding?
* * *
Juhud tomini yopayotgandi. To’satdan pastga quladi. Oynasi ro’parasidan uchib yerga tusharkan, xotiniga qichqirdi:
— Xoti-in, ovqatni bir kosaga kamroq tayyorlagi-in!..
* * *
Militsioner mashinani to’xtatib, haydovchidan hujjatlarni ko’rsatishni talab qildi. Haydovchi unga hujjatlarni ko’rsata boshladi.
— Mana haydovchilik guvohnomam, mana bu texpasport, mana bu talon!..
Shu payt mashinaning orqa o’rindig’ida o’tirgan o’g’ilchasi bor ovozda qichqirdi:
— Dada, ana eshaklar degandingiz! Qani o’sha eshaklar?
Olimjon HAYIT tayyorladi