* * *
Erkak psixiatr qabuliga kirib dedi:
— Men xotinim masalasida kelgandim. U qandaydir g’alati bo’lib qolgan. Aytishicha, shkafdagi kiyimlarini birov o’g’irlab ketishi mumkinmish.
— Ishonchingiz komilmi?
— Albatta. Masalan, kecha kiyimlarini qo’riqlash uchun maxsus odam yollabdi. Shkafda o’tirganini o’z ko’zim bilan ko’rdim.
* * *
— Do’xtir, men depressiyaga uchradim.
— Siz bu xastalikdan qutulish uchun boshingiz bilan ishga sho’ng’ishingiz kerak. Aytgancha, nima ish qilasiz o’zi?
— Beton quyuvchi bo’lib ishlayman.
* * *
Haydovchi astoydil hujjat varaqlayotgan DAN xodimiga dedi:
— Komandir, qo’yvoring!
— Mumkin emas.
— Siz sakkizinchi betni ochib ko’ring!
— Ie, ha-a, mumkin, mumkin!
* * *
Holat. Ko’prik ustida bir erkak yotibdi. yonidan o’tayotgan ayollar dedi:
O’zbek ayoli — O’la, kamroq ichsa bo’lmasmikan?..
Ingliz ayoli — Voy, manavi odam yomon bo’p qopti, yomon bo’p qopti!
Farang ayoli — Voy, Xudoyim, shunday yigit… Taksi! Taksi!
* * *
— Mening qizim keyingi paytda tuzlangan bodringni ko’p yeydigan bo’ldi. Organizmida nimadir yetishmayapti shekilli.
— E, qizingizning miyasi aynibdi. Oldinroq o’ylash kerak edi.