* * *
Ilk nikoh kechasi yangi kuyov kelinga dedi:
— Senga rostini aytishim kerak. Sen hayotimda birinchi ayol emassan.
— Men ham sizga rostini aytib qo’ymasam bo’lmaydi. Sizga ishonmayman.
* * *
Keksa ekstrasens o’limi oldidan uch o’g’lini qoshiga chorlab, to’ng’ichiga dedi:
— Bolam, senga hovlini meros qilib qoldiraman. Oilang bilan shu uyda yashaysan.
Keyin o’rtancha o’g’lini chaqirib dedi:
— Senga, o’g’lim, to’plagan bor pulimni qoldiraman.
Oxirida kenjasini chaqirdi.
— Kenjam, akalaringning ichida birgina sen mening kasbimni egallagansan. Senga ikkita ishonchli badavlat mijozimni meros sifatida qoldiraman. Ular seni umringning oxirigacha boqadi.
* * *
Xotin kurortga ketib bir yarim oydan keyin qaytib keldi va eriga noliy boshladi:
— Tushunmadim. Uyda bir yarim oy bo’lmadim. Siz bo’lsangiz, og’zingizga tolqon solganday tek o’tiribsiz. Nahotki, shu bir yarim oy ichida meni sog’inmagan bo’lsangiz? Birontayam shirin so’zingiz yo’qmi menga aytadigan?
— Bor.
— Qani, ayting unda!
— Rahmat!
* * *
Er:
— Hayotim mening! Quyoncham! Kostyumimni olib bervorgin, o’zimning baliqcham!
Xotinr:
— O’zimning arslonim, kostyumingiz qani o’zi?
Er:
— Sichqoncham mening! Ana, yo’lakdagi ilgichda turibdi, farishtaginam!
Xotin:
— Yo’lbarsim, ovcharkam! Nega ilgichga ildingiz kostyumni!
Er:
— To’tiqushim mening! Bulbulcham o’zimning! Kecha uyga kech qaytganim uchun shvabra bilan savalab qolganding! Shoshganimdan o’sha ilgichga ila qolgandim-da, mushukcham!
* * *
Erkak psixolog qabuliga kelib dedi:
— Do’xtir, xudoning bergan kuni ishdan kelsam, xotinim uyda begona erkak bilan o’tirgan bo’ladi. Endi janjal ko’taraman desam, xotinim meni oshxonaga yetaklab chiqadi-da, qo’limga qaynoq kofe tutqazadi. Shunday qilib kofeni ichaman-u, tinchlanaman-qolaman.
— Xo’sh, mendan nima istaysiz?
— Do’xtir, kofe ichishni me’yordan oshirib yubormayotganmikinman-a?
Olimjon HAYIT tayyorladi