KUN HANGOMASI…

 

 

* * *

 

Oilaviy hayotingiz joningizga tegdimi? Qandaydir yangi hayotni qo’msayapsizmi? Sham yorug’idagi sovuq hammom sizning oilaviy munosabatlaringizni yangilaydi!

Hurmat bilan: Elektr tarmoqlari va issiq suv tashkiloti xodimlari!

 

* * *

 

Talaba doskaga chiqib aylana chizdi. Aylana shu qadar to’g’ri chizildiki, professor undan so’radi:

— Juda chiroyli chizarkansan. Qaerda o’rgangansan?

— Armiyada oshpazlik qilganman. Ikki yilgacha go’sht qirqadigan uskunani aylantirganman.

 

* * *

 

O’g’ri o’g’liga dedi:

— Agar yana bir marta mening katmonimdan pul o’g’irlab barmoq izlaringni qoldiradigan bo’lsang, o’ldiraman!

 

* * *

 

Besh yashar bolakay onasi bilan supermarketga kirdi. Unga ko’zi tushgan sotuvchi dedi:

— Voy mana bu bolaning shirinligini! Bor, hov anavi giloslardan ikki qo’lingga siqqanicha ol!..

Eshmat indamay turavergach, sotuvchining o’zi unga bir siqim gilos olib kelib berdi. Tashqariga chiqishgach, onasi undan so’radi:

— Nega giloslarni o’zing borib ola qolmading?

— Sotuvchining qo’llari menikidan ancha katta-da!

 

* * *

 

Ma’lumotlarga qaraganda, afrikalik qizlarning orzulari sal boshqacharoq bo’larkan.

Ular qora otda oq shahzoda kelishini orzu qilisharkan.

 

* * *

 

Tong. Bar yoniga juda ko’p odam yig’ilgan. Ularning biri daydi, boshqasi piyonista, yana qaysidir biri bir kun avvalgi ichkilikdan azob chekayotgan oddiy odamlar. Hammalari sog’liqlarini yaxshilash niyatida belgilangan soat yaqinlashishini kutishmoqda. Nihoyat eshik ochilib bar ish boshladi. Navbatning oldingi qatorida turgan qariya bosh kiyimini olib ichkariga kiradi-da, ta’zim qiladi:

— Salom do’xtir!

 

* * *

 

To’y o’tgach, turli yeguliklar qolib kegan stol ustiga uchta suvarak chiqib kelishdi. Ular hamma narsalarni hidlab ko’rishgach, biri qolganlarga dedi:

— Og’aynilar, hamma narsa bisyor ekan-u, nonetishmayapti-da! Oshna, sen g’izillab nonga borib kelmaysanmi?

— Gap yo’q!

Sherik nonga ketgach, ular hech narsaemay uni kuta boshlashdi. Uchinchi suvarak uch soat deganda qo’lida non bilan kirib keldi. Ikki suvarak unga baqira ketishdi:

— Vey, namuncha kechikding-a? Biz uch soatdan beri so’lagimiz oqib ovqatlarga termulib o’tiribmiz!

— Sizlarni tushunaman. Qaranglar, pol juda tekis! Unda chopish odamni maza qildiradi. Biroq «probka»ga tushib qoldim-da!..

 

* * *

 

Kurortda.

— Yaxshi qiz, siz bilan tanishganimdan beri na ovqat yeya olaman, na biror narsa icha olaman…

— Voy, meni shu qadar qattiq sevib qoldingizmi?

— Yo’q, shunchaki… Pulim tugadi…

 

* * *

 

Xotin gazeta o’qiyotib birdan boshini ko’tardi-da, eriga dedi:

— Qarang, odam umrini yuz ellik yilga uzaytiradigan moslama ixtiro qilishibdi.

Er og’ir xo’rsinib javob qildi:

— Ha-a, agar bo’ydoq bo’lganimda, albatta o’sha moslamani sotib olgan bo’lardim.

 

* * *

 

Poezd kupesida gruzin qo’shni ayolga savol tashladi:

— Turmushga chiqqanmisiz, xonim?

— Ha.

— Bolalaringiz ham bormi?

— Ha, o’g’lim 23 yoshda.

— Xayrli tun!

 

* * *

 

Ikki keksa ovchi ulfatchilik qilyapti.

— Eh, hayotni qara! Ilgari uzoqdan turib chumchuqning ko’zidan ura olardim. Endi esa faqat kampirimning qulog’ini aniq mo’ljalga ola bilaman xolos.

 

* * *

Qariya og’ilxonaga kirsa, ho’tigi yig’lab o’tiribdi. Undan so’radi:

— Ho’tikvoy, nega yig’layapsan?

— Anavi sigir meni «eshshak» deb haqorat qildi.