* * *
Besh yashar bolakay otasidan so’radi:
— Dada, siz quyondan qo’rqasizmi?
— Yo’q, albatta. Bu gapni qaerdan olding?
— Unda nega ovga ketayotib har safar o’zingiz bilan miltiq, it olvolasiz?
* * *
Bog’chaga qatnab, maktabga chiqish arafasidagi qizaloqqa onasi tushuntiryapti:
— Bog’chada faqat o’ynarding, qizim. Lekin maktabda mehnat qilishing kerak bo’ladi.
— Mehnat? Oyijon, unda o’sha maktabga yarim stavkaga ishga kirib, qolgan vaqtimni bog’chada o’tkazaversam bo’lmaydimi?
* * *
Oliy o’quv yurtiga kirish uchun imtihon ketyapti. Imtihon oluvchi abiturientdan so’radi:
— Xo’sh, nega endi aynan muallimlik kasbini tanladingiz? Bosh sababini ayting-chi!
— Bosh sababi iyun, iyul, avgust.
* * *
Muallima 1- sinf o’quvchilariga bo’lishni o’rgatyapti. Doskaga 2: 2 raqamini yozdi-da, so’radi:
— Bolalar, bu nimani anglatadi?
Orqa partada o’tirgan bir o’quvchi bor ovozda baqirdi:
— Durangni!
* * *
Ona qiziga dedi:
— Mendan ibrat ol! Mana, 20 yil bo’ldi turmushga chiqqanimga. Haliyam faqat bir kishini sevaman.
— Ha-a, tasavvur qilaman. Dadam bilib qolsa, katta janjal bo’ladi-da, oyi!
* * *
— Azizim, meni sevasizmi?
— Nima desam ekan? Ha, sevaman.
— O’sha «Nima desam ekan»siz ayting.
— Yaxshi, sevaman.
— «Yaxshi»siz ayting. Yo’q, yaxshisi, «Seni jonimdan ortiq sevaman» deng.
— Seni jonimdan ortiq sevaman.
— Aldayapsiz.
— Aldamayapman. Chunki senga uylanganimdan beri mana shu jonni ko’rishga ko’zim yo’q.
* * *
Piyonista Karl Marksning portreti yonida turgancha yuzini siypalab dedi:
— Qiziq! Ertalab soqol olgandim shekilli?!.
* * *
Urg’ochi mushuk erkak mushukka dedi:
— Kel, berkinmachoq o’ynaymiz! Topsang senikiman, topolmasang, hov anavi shkaf ichida bo’laman.
* * *
It (bokser) balkonda turgan ovcharkani ko’rib dedi:
— Yur, birga sayr qilamiz!
— Ilojim yo’q. Meni qamab ketishgan.
— Sen balkondan pastga sakra!
— Ho, basharam senikiga o’xshab qolsinmi?!.
* * *
— O’g’lim, derazadan qara-chi, dadang pivoxonadan kelayaptimikan?
— Ha, kelayapti!
— Yo’lning qaysi tomonida kelayapti?
— Ikkala tomonida ham.
* * *
Beshinchi sinf o’quvchisidan so’rashdi:
— Bo’rivoy, kimni ko’proq yaxshi ko’rasan? Ukangnimi, opangnimi?
— Ukamni. U kundaligimni axlat idishga tashlab yuborgan.
* * *
Ikki bolakay bolalar bog’chasida suhbatlashayapti:
— Men juda qo’rqib ketayapman.
— Nega?
— Dadam yangi mashina sotib olganda, eskisini sotib yuborgandi.
— Shunga qo’rqayapsanmi?
— Yo’q, menga aytishdiki, oyim yaqinda yangi o’g’il sotib olmoqchi emish.
* * *
Muallima beshinchi sinf o’quvchilarining birini turg’azib so’radi:
— Hayratga soladigan tasodif haqida biror misol ayta olasanmi?
— Ha, aytishlaricha, dadam bilan oyimning to’yi bir kunda bo’lgan ekan.