* * *
— Do’xtir, manavi yerimning qaerlaridir og’rib ketyapti!
— Hozir men sizga qanaqadir dorilar yozib beraman.
* * *
Abramovich Isroilga sayyoh sifatida tashrif buyurdi va ortga qaytish arafasida mamlakat bosh prokurori undan so’radi:
— Kechirasiz, ketish oldidan biroz «o’tirmaysizmi?»
* * *
Burgut samoda parvoz qilardi. Negadir usti og’irlashgandek, uchish qiyinlashayotgandek tuyulaverdi. Burilib qarasa, dumiga chumchuq yopishib olibdi.
— Vey, sen bu yerda nima qilayapsan?
— Senga nima? Yo’lga qara, tag’in cho’qqiga urilib rasvo bo’lmagin!
* * *
Erkaklar ishdan keyin yig’ilib, maoshni nima qilish xaqida bosh qotirishayapti. Shunda biri dedi:
— Kelinglar, tanga tashlaymiz. Manavi tomoni tushsa, ichib yuboramiz. Bu tarafi tushsa, qarta o’ynaymiz. Agar tikkasiga tushsa, bolalarga kiyim-kechaklar sotib olamiz. Havoda muallaq turib qolsa, xotinlarimizning qo’liga topshiramiz!
* * *
It tomorqada astoydil yer chopardi. Qo’shnining iti kelib so’radi:
— Senga nima bo’ldi? Nega xo’jayiningning o’rniga yer chopayapsan?
— Eh, hammasi men ahmoq xo’jayinimning shippagini keltirib bergan kundan boshlandi.
* * *
Yigit onasiga dedi:
— Oyi, bugun uyimizga uch nafar qiz keladi. O’shalarning biriga uylanmoqchiman. Qay birini tanlaganimni o’zingiz toping-chi!
Qizlar kelib ketgach, ona o’g’liga dedi:
— Xo’sh, qay biri ekan? Topdingizmi?
— O’rtadagisi.
— O’, qanday topdingiz?
— O’shanisiga qarasam, asabim buzilaverdi.
* * *
Bolakaydan so’rashdi:
— Nega chaqaloq ukang hadeb baqiraveradi?
— Sizning ham, sochingiz, tishlaringiz bo’lmasa, qo’l-oyoqlaringiz aytganingizni qilmasa, ukamdan ham battarroq baqirardingiz.
* * *
Birinchi sinf o’quvchisidan muallima so’radi:
— Nega ranging oqarib ketibdi?
— Hechqisi yo’q, bugun oyim yuvintirmagandi.
* * *
— Eshmatvoy, ulg’aygach, kim bo’lasan?
— Militsioner.
— Toshmatvoy, sen-chi?
— Men bezori bo’laman. Shunda Eshmat ikkalamiz yana birga o’ynaymiz.
* * *
— Bobo, sizning tishlaringiz bormi?
— Yo’q, nevaraginam, yo’q.
— Unda manavi pechenyemni ushlab turing! Men hovlida o’ynab kelaman.