* * *
Erkak vrachga qo’ng’iroq qilyapti:
— Do’xtir, bir iltimosim bor. Mabodo bizning uy oldidan shu kunlarda o’tib qolsangiz, uyga kirib o’ting! Lekin atayin kelish shart emas.
— Nima bo’ldi o’zi?
— Xotinimning jag’i tushib qoldi. Gapira olmayapti.
* * *
— Nega qovog’ingni osiltirib olibsan? Biror gap bo’ldimi?
— Kecha dollar sotib olgandim, pulim qolmadi.
* * *
Maktabdagi e’londan:
«Bundan buyon maktabimizda odatiy qo’ng’iroq o’rniga yoqimli musiqa chalinishi mumkin. Agar o’zingizga yoqqan musiqani tanaffus oldidan tinglashni istasangiz, o’qituvchilar xonasiga besh dollardan olib kiring!»
* * *
— Vey, menga qarang, otingiz asfaltni iflos qildi-ku! Qarang, ortida qancha go’ng qolib ketdi!
— Ie, bu nima deganingiz? Ot bo’lgandan keyin go’ng qoldirmay, qizil ikra qoldirsinmi?
* * *
Imtihonga kirgan talabadan professor so’radi:
— Yuzingiz juda tanishga o’xshayapti. Ilgari uchrashmaganmidik?
— Ha, o’tgan yili sizga imtihon topshirgandim. Lekin o’tolmaganman.
— Shunaqami? O’ylaymanki, bu safar hammasi yaxshi bo’ladi. Xo’sh, o’shanda, ya’ni, o’tgan yili men sizdan birinchi savol sifatida nimani so’ragandim?
— Siz: «Ilgari uchrashmaganmidik?» deb so’ragansiz.
* * *
Ikki jinni film tomosha qilib o’tirishardi. Biri ikkinchisiga dedi:
— O’n ming so’mdan garov o’ynaymizmi, yigit, albatta, ko’prikdan o’zini suvga tashlaydi!
— Tashlamaydi.
Garov o’ynashdi.
Yigit haqiqatan ko’prikdan o’zini suvga tashladi. Yutqazgan jinni sekin cho’ntagidan o’n ming so’m chiqarib sherigiga uzatdi.
— Kerakmas, — dedi ikkinchi jinni, — Bu filmni ilgariyam ko’rganman.
— Men ham ko’rganman. Lekin ikkinchi marta ham o’zini suvga tashlaydi deb o’ylamagandim.