***
— Qo’shnijon, sigirlaringizni nima bilan boqasiz?
— Nega so’rayapsiz?
— Men ham ularga o’xshab ozmoqchi edim.
***
— Dadasi, do’kondan non olishni unutibman. Chiqib kelasizmi?
Er o’n besh daqiqadan so’ng qo’lida non va bir shisha aroq bilan kirib kelib dedi:
— Xotin, o’lay agar, bugun ham sotuvchining qaytimi yo’q ekan.
***
Ota o’g’lidan so’radi:
— Xo’sh, maktabda ishlar qalay?
— Zo’r, beshinchi sinf bilan o’rtamizdagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi.
***
Lagerda dam olayotgan o’quvchi ota-onasiga xat yozdi:
— Kecha lagerimizda boks bo’yicha musobaqa bo’lgandi. Shuning uchun tish cho’tkasi, pastasi va shunga o’xshash keraksiz narsalarni uyga jo’natayapman.
***
Pashsha boshqa bir pashshadan so’radi:
— Kechirasiz, manavi kursi bo’shmi?
***
— Nega xafasan?
— Xotinim bir oyga kurortga ketayapti.
— Ha-a, seni tushunsa bo’ladi.
— Yo’q, tushunmading. Agar o’zimni xafa bo’lgandek tutmasam, fikridan qaytishi mumkin.
***
— Toshmatvoy, nega mushuk haqida yozgan uy vazifang xuddi akangnikiga o’xshaydi?
— Chunki, uyimizda mushugimiz bitta.
***
— Aytishlaricha, qizingni qo’l ostingda ishlaydigan hisobchingga berganmishsan?
— Ha.
— U g’irt o’g’ri-ku! Qachon qarasa, pullaringni o’margani o’margan edi.
— To’g’ri, lekin endi u o’g’irlagan pullarini qizimning qo’liga tutqazadi.
***
Muallim o’quvchining matematikadan bajargan uy ishini ko’rib chiqdi-da, dedi:
— Adashmasam, ikkalamizdan birimiz aqldan ozganga o’xshaymiz.
Ertasiga o’quvchi muallimaning stoliga bir qog’oz qo’ydi.
Muallim:
— Bu nima?
— Mening aqldan ozmaganim to’g’risida ma’lumotnoma.
***
— Ishonasanmi, so’nggi vaqtlarda menga sira uyqu berishmayapti. Yarim kechasiyam bir qo’shnim shovqin ko’targani ko’targan.
— Nima, qo’shning musiqachimi?
— Yo’q, jarroh.
***
Talabalar to’yida.
— Nega kelin hech narsa ichmayapti?
— U pul qo’shmagan.