Luqmoni hakimning qo’li ochiqligi, so’raganga qarz berib, yozib qo’ymasligini bilgan bir kishi olgan qarzini qaytarib bermaslik niyati bilan undan ming tanga oltin oldi. Yo’lda dam olgani o’tirib, pulni qizil rangli bir matoga o’rab qo’ydi. Bir qush uni go’sht xayol qilib olib qochdi va Luqmonning uyi ustidan uchib o’tayotganida tumshug’idan tushirib yubordi. Luqmon o’zi bergan oltinlarni tanib, olib qo’ydi. Haligi odam kelib, yana shu niyat bilan ming tanga oltin oldi. Lekin, anhordan kechib o’tayotganida uni suv olib ketdi. Anhor Luqmonning uyi yonidan o’tar edi. Luqmon oltinni tanib, yana olib qo’ydi. O’sha odam uchinchi marta qaytarmaslik niyatida ming oltin olib, uni ham bir sabab bilan yo’qotdi. To’rtinchi marta nihoyat, savdo-sotiq bilan shug’ullanish va foyda ko’rsa, Luqmonga to’rt ming qilib qaytarish niyati bilan ming oltin so’radi. Bu gal foyda ko’rdi va Luqmonga to’rt ming oltin olib keldi, Luqmon ming oltinni olib, qolganini qaytarib berdi.