KELING BIR KULIShAYLIK!!!

* * *

Ikki professor suhbatlashishayapti.

— Men agar talabalarga bittagina “to’rt” qo’ysam, ular meni qo’llarida ko’tarib yurishadi.

— Men esa, ularga hech bo’lmaganda bittagina “uch” qo’ysam, meni boshlarida ko’tarishadi.

Shu payt dekan keldi-da, ularga dedi:

— Agar ikkovingizniyam ishdan haydasam, talabalar meni boshlarida ko’tarib yurishardi.

* * *

Er:

— Mushukcham, qaydasan?

Xotin:

— Men bu yerdaman!

Er:

— E, seni boshimga uramanmi? Mushukchani izlayapman.

* * *

Tergovda.

— Xo’sh, bunday oliy ma’lumot haqidagi ajoyib diplomni qaerdan sotib oldingiz?

— Sotib olmadim. Yo’ldan topib oldim.

— O’, aynan sizning nomingizga yozilgan diplomni yo’ldan topib oldingiz! Qanday tasodif!

— Ha.

— Xo’sh, bu tasodifni qanday izohlaysiz?..

— Bu tasodif emas. Pasportimni keyinroq sotib olganman, xolos.

* * *

Eshik taqilladi.

— Salom, biz pastdagi qo’shnilarmiz.

— Nima qipti?

— Vannangizdan suv oqayapti. Ogohlantirib qo’yishga chiqdik. Xudo ko’rsatmasin, oyoqlaringiz nam tortib shamollasangiz, keyin kasalga chalinsangiz, o’lib qolsangiz… Vey, o’zing o’lmasang, mana, biz o’ldiramiz.

* * *

Bolalar bog’chasida.

— Xo’sh, xola ketayotganda nima deyish kerak?

— Xudoga shukr.

* * *

— Oyi, siz qaerdan paydo bo’lgansiz?

— Meni dengiz to’lqini sohilga chiqarib tashlagan.

— Dada, siz-chi?

— Meni karamning ichidan topib olishgan.

— Opa, siz-chi?

— Meni laylak tashlab ketgan.

— Uf-f, bu uyda bironta kishi odamga o’xshab tug’ilganmi o’zi, yo’qmi?

 

* * *

Bo’lg’usi qaynota qizining sevgilisi bilan tanishayapti.

— Ishlaysizmi?

— Xudo bersa ishlarman.

— Uy bormi?

— Xudo bersa bo’lib qolar.

— Mashina-chi?

— Xudo bersa bo’lib qolar…

Yigit ketgach, xotin eridan so’radi:

— Xo’sh, bo’lg’usi kuyovimiz sizga yoqdimi?

— O’, zo’r yigit ekan. Meni Xudoga tenglashtirib qo’ydi-ya, azamat!

 

* * *

— Sen ko’proq nimadan qo’rqasan?

— Tish do’xtiridan va qorong’ilikdan.

— Tish do’xtiri tushunarli. Qorong’idan nimaga qo’rqasan?

— Ie, qorong’ilikda ko’-o’p tish do’xtirlari berkinib turgan bo’lishi mumkin-da!

 

* * *

Boshliq xodimdan so’radi:

— Nega ishga ikki soat kech kelayapsiz?

— Uydan kech chiqqandim.

— Ertaroq chiqsangiz bo’lardi-ku!

— Ertaroq chiqishga allaqachon kech bo’lgandi.

* * *

— Dugonajon, qo’shnimiz Rayhon turk gilami sotib olibdi.

— Nima bo’pti?

— Endi hammani uyga poyafzalni yechib kirishga majbur qilayapti.

— To’g’ri, har qalay, gilam turklarniki-da!

— Ha, lekin o’sha gilam devorda osilib turibdi-ku!

* * *

Samolyot qo’ndi. Salondan shimi tushib ketgan chukcha chiqib kelardi. Styuardessa uni urisha ketdi.

— Uyat emasmi? Shimingiz tushib ketibdi.

— To’g’ri, sizlarni sira tushunib bo’lmaydi. Goh kamarni taqing deysiz, goh yeching deysiz… Oxirgi marta kamarni yeching degandingiz!

* * *

Qora tanli ayol bolasini ko’tarib avtobusga chiqdi. Haydovchi uni ko’rib dedi:

— Sizning bolangizday xunuk bolani umrimda ko’rmaganman.

Ayol xafa bo’lib yonida o’tirgan odamga arz qila ketdi.

— Qarang, bolamni haqorat qilayapti anavi haydovchi!

— Boring, shu gapi uchun o’ch oling haydovchidan! Ungacha men maymuningizni ushlab turaman.