Dunyodagi eng bo'yi past xalq

Pigmeylar dunyodagi eng bo’yi past xalq, Markaziy Afrikaning ekvatorial o’rmonlarida yashaydilar. Pigmeylar taxminan 280 ming kishi bo’lib, Markaziy Afrika Respublikasi, Gabon, Kamerun, Kongo, Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasi hududlarida tarqalgan xalqdir. Pigmeylar asosan bantu va ubangi tillarida so’zlashadilar. Maxalliy dinlarga e’tiqod qiladilar. Pigmeylarning bo’yi 124-150 sm atrofida bo’ladi va ular bir yarim metrdan oshmaydilar. Pigmeylar ovchilik, baliqchilik va mevalarni terish bilan tirikchilik qiladilar. Pigmey so’zi yunon tilida «musht bilan teng» degan ma’noni anglaiadi.

 

Manba: @etnosuz