KELING BIR KULIShAYLIK !!!

* * *

 

— Vafodor va bevafo er o’rtasida qanday farq bor?

— Katta farq bor. Vafodor erning ba’zan vijdoni qiynalib turadi.

 

***

Do’st do’stiga xat yozdi:

— Vey, xotinim bilan uchrashib yuribsanmi, ro’zg’orning yarmini ko’targin-da, noinsof!

 

***

Er-xotin ajralishayapti. Guvoh sudyaga dedi:

— Qo’shnilarim haqida sira yomon gap ayta olmayman. Ular mushtlashishsayam, doimo jimgina mushtlashishardi.

 

***

— Eringiz bilan qanday yashayapsiz?

— So’ramang! U qachon qarasa menga xiyonat qiladi. Men bo’lsam, shuncha marta unga sadoqatli edim.

 

***

Ikki daydi it yangi o’zbekning bolonkasini kuzatarkan, biri ikkinchisiga dedi:

— Juda chiroyli ekan!

— E, nimasi chiroyli? Uni suvdan chiqqanda ko’rsayding! Qomat emas, cho’p deysan!

 

***

Yangi o’zbeklar restoranidagi e’londan:

— Xotinlaringiz bilan ovqat tayyorlashni bilmagani bois ajralishmang! Yaxshisi bizning restoranga kelib ovqatlaning va xotinlaringizni oilaviy baxt uchun qoldiring!

 

***

Bir homilador ayolga ko’proq muzqaymoq yeyishni maslahat berishgandi. Rentgenga tushayotganda vrach qarasa, ona qornida egizak aka-ukalar jismoniy tarbiya bilan shug’ullanayotganmish va biri ikkinchisiga dermish:

— Hechqisi yo’q, uka, bir amallab qishdan chiqib olarmiz!

 

***

Bir kuni chukcha o’rmonda ketayotsa, boshqa bir chukcha beligacha chuqur qazib qo’yibdi. Undan so’radi:— Nega chuqur qaziding?— Belimgacha suratga tushmoqchiman.Oradan birmuncha vaqt o’tib qaytib kelayotsa, chukcha yana bitta shunday chuqur qazib qo’yibdi0 So’radi:— Yana nega ikkinchi chuqurni qaziding?

— Suratimni ikki nusxada chiqartirmoqchiman.

 

***

Bir kuni ikki chukcha o’rmonda adashib qolishdi. Biri dedi:— Ruslar adashsa, miltiqdan osmonga qarata o’q uzarkan.Ikkinchisi qo’lidagi miltiqdan osmonga qarata o’q uza boshladi. Otdi, otdi oxiri to’xtadi. Sherigi so’radi:— Nega to’xtading?

— O’q tugadi.

 

***

Bir kuni chukchani josuslikka yuborayotib tayinlashdi:— Agar soqchi seni payqab qolsa, qandaydir hayvonning ovozida baqirgin. Masalan, mushuk bo’lib miyovlagin!Chukcha ketdi. Yura-yura ortga qaytib kelayotsa, soqchi payqab qolib baqirdi:— To’xta! Kim kelayapti?

— Biz mushuklarmiz. Uyga qaytayapmiz!

 

***

Ayol tish do’xtiriga dedi:— Do’xtir, qo’rqib ketayapman. Hatto bilmayman. Bola tug’ish qo’rqinchliroqmi, yo tish oldirishmi?!.Vrach:

— Tezroq bir qarorga keling! Men shunga qarab burchakka karavot qo’yishim kerak.