KUN KULGISI !!!

***

Arablar shayxi xotinlaridan biriga dedi:

— Ko’zlaring xuddi yarim tundagi Zuhro yulduzidek chaqnab turibdi. Lablaring marvaridga o’xshaydi. Bor, endi shu gaplarimni kundoshlaringgayam yetkaz!

***

Yakubovich uyga ishdan charchab kelgandi, xotini qo’rquv aralash katta shkaf ro’parasiga turib oldi-da, dedi:

— Azizim, sizga ikki million rubl taklif etaman va biz bu shkafni ochmaymiz!

***

Birinchi nikoh kechasidan so’ng ayollar eriga nima deydi?

Amerikalik: — Jon, maoshingiz qancha?

Ingliz: — Kiyimda yotganim uchun kechiring, Fred! Xohlaysizmi, sizga tizzamni ko’rsataman?

Nemis: — Oh, Gans! Kecha ko’ylagingiz tugmasi uzilganiga ko’zim tushdi. Keling qadab qo’yay!

Fransuz: — Jan, bunday holatga birinchi marta besh yil oldin tushgandim.

Ispan ayoli: — Hoy yaramas toreador! Qornimga kallalashdan bo’lak ish o’ylab topa olmadingmi?

Italyan ayol: Jonim, tonggacha serenadani kuylab chiqdingiz. Shunday yashayversak, biz farzandli bo’lmaymiz.

Kubalik ayol: — Yo’q, Roberto, siz boshi ham, oxiri ham emassiz!..

Xitoylik: — E, kimdan tug’ishim baribir emasmi?!.

Shved ayoli: — Siz meni ogohlantirdingiz. Lekin men uxlab qolibman. Endi xursand bo’lishniyam, xafa bo’lishniyam bilmayman.

Polyak: Menga qara, isming nima o’zi?

Rus ayoli: — Yo’q, qalbimni baribir tushuna olmadingiz.

***

O’t o’chiruvchilar boshlig’i xodimlar o’tirgan xonaga qo’llarini cho’ntakka solgancha kirib keldi-da, xotirjamlik bilan dedi:

— Yigitlar, tayyorlanaveringlar! Soliq inspeksiyasi boshlig’ining uyi yonayapti ekan!

***

Yigitlar ichishar, kulishar, xursandchilik qilishardi. Faqat bir yigit xafa edi. Undan so’rashdi:

— Nega xafasan?

— Xotinim Spid bo’lib qoldi… Ie, nega ranglaring oqarib ketdi?.. Hazillashdim..

***

Muallima o’quvchilarga dedi:

— Keyingi darsimiz “Odam miyasining tuzilishi” deb nomlanadi. Hamma ertaga uyidan bolg’a va yod olib kelsin!

***

Bir kuni chukcha Pushkinning haykaliga tikilib turib o’tkinchidan so’radi:— Bu kim?— Pushkin.— “Mu-mu”ni yozganmi?— Yo’q, uni Turgenev yozgan.

— Ie, “Mu-mu”ni Turgenev yozarkan-u, haykalni Pushkinga qo’yishadimi?

***

Kim qancha vaqt och o’tira olishini tekshirib ko’rmoqchi bo’lishdi. Turli xonalarga afrikalik, rus va chukchani qamab qo’yishdi. Xonalarga telefon qo’yib, tayinlashdi:— Och qolsangiz, qo’ng’iroq qiling!Uch kun o’tgach, rus, bir haftadan so’ng afrikalik qo’ng’iroq qildi. Chukchadan darak yo’q. Ikki haftadan so’ng xonani ochib qarashsa, chukcha telefon yoniga o’tirib olib go’shakka gapirayapti:

— Chukchaning qorni ochdi! Chukcha ovqat yeyishni istaydi!

***

Bir kuni chukchadan so’rashdi:— Tez-tez cho’milib turasizmi?— Yo’q, yarim yilda bir.— Nega? Badaningiz kirlanib asabingizga tegmaydimi?

— Yo’q, dastlabki ikki oy asabiylashaman. Undan keyin kirning o’zi ko’chib tushadi.

***

Futbolchi chorshanba kuni olamdan o’tdi va bevasiga deyishdi:

— Biz marhumni shanba kuni dafn etamiz. Siz nima deysiz?

— Yo’q, yaxshisi dushanba kuni dafn etinglar.

— Nega?

— Erim futbolchi edi. U yakshanba kunlari ham futbolda bo’lardi. Hech bo’lmasa, bir yakshanba u bilan birga kunni o’tkazay!

***

Sharhlovchi:

— Bizning jamoamiz a’zosi raqiblar darvozasiga afsonaviy, ajoyib gol kiritdi. Ular esa uchta tasodifiy gol bilangina javob qaytara olishdi xolos.

***

Ronaldo Bartez bilan bahslashayapti:

Bartez:

— Sen mendan kalroqsan!

Ronaldo:

— Nega endi? Ikkalamizning boshimizda ham bitta tuk yo’q. Baravarmiz.

— Yo’q, sening boshing menikidan kattaroq.