***
— Yaxshi yigit, buncha yaxshisiz? Biram muloyim ekansiz!.. Ajoyib tarbiya topgan ekansiz!
— Ha, otam: “Biror qizni ilintirmoqchi bo’lsang, unga juda shirin muomala qilgin” deb o’rgatgan.
***
Meksika serialidan:
— Azizam! Men… O’lyapman!
— Iltimos, azizim, o’lmang!
— Bo’pti, ko’ndirding!
***
— Og’ayni, ta’ziyamni qabul et! Xudo senga va bolalaringga sabr bersin!
— Ie, bu nima deganing? Mening hech kimim olamdan o’tmadi-ku! Bu gapni qaerdan olding?
— Bilaman. Lokigin, bugun xotinim nihoyat norkali shuba oldirdi. Kechqurun sizlarnikiga shubasini ko’z-ko’z qilishga borarmish.
***
— Do’xtir, erimga kun bo’yi gapiraveraman, gapiraveraman, u bo’lsa, bir og’iz javob qaytaray demaydi. Asab kasaliga yo’liqqanmi deyman-da!
— Yo’q, eringiz asab kasaliga yo’liqmagan. Unga xudo shunday inoyat ato etgan ekan, siz xursand bo’lavering!
***
Ayol militsiya bo’limiga kelib dedi:
— Erim yo’qolib qoldi. To’rt kun bo’ldi.
— Asosiy belgilarini ayting!
Ayol erining asosiy belgilarini qog’ozga yozib bergach, militsioner so’radi:
— Eringizni topsak, nima deb qo’yaylik?
— “Xotiningiz aytdi, qaynonangiz mehmonga kelmaydigan bo’libdi”, denglar!
***
Erkak soliq idorasiga qo’ng’iroq qilib so’radi:
— Bergan qog’ozingizga kimningdir telefon raqamini yozib beribsiz. Kimniki bu raqam?
— Bu telefon raqamimas, sizning o’tgan yilgi to’lamagan soliqlaringiz miqdori.
* * *
Ona maktabdan qaytgan qizchasidan so’radi:
— Xo’sh, maktabda nimani o’qidilaring?
— «Qizil Shapkacha» ertagini o’qidik.
— Bu ertak bolalarni nimaga o’rgatarkan?
— Buvisining basharasini yaxshilab eslab qolishga.
* * *
Xotin eridan so’radi:
— Qaerda sang’ib yurgandingiz?
— Og’aynim Eshmatning to’yidaydim. Vey, to’y zo’r bo’ldi! Bo’kib qolguncha ichibmiz-a!
— Tasavvur qilyapman!.. Ustingizdagi fatani yecha qoling endi, to’y tugadi!
* * *
Ukrain tanish ayoldan so’radi:
— Xo’sh, ishlar qalay?
— Parhez qilyapman. Deyarli ovqat yemayapman. Shunday qilsa, qomat saqlanib qolarkan.
— Menga qara, sen-chi, qomatni saqlab qolish uchun ovqat yeyaverishing, yeyaverishing kerak!
* * *
Bozorchi ayolning eri xotinini erta tongda uyg’otyapti:
— Xotinjon, turaqol! Ketishingga o’n besh daqiqa qoldi.
— Ie, nega ertaroq uyg’otmadingiz? Esingiz joyidami? Axir, bo’yanishimning o’ziga yarim soat ketadi-ku!
— Xavotir olma, uxlayotganingda o’zim bo’yantirib qo’ydim seni.
* * *
— Xotin, nihoyat sen bilan jiddiy gaplashib olmasak bo’lmaydi!
— Nahotki? Qayoqdan kun chiqdi? Uch oydan beri gaplashmabmiz-a! Voy, bu yangilik-ku! Qani, gaplashsak gaplashaylik! Boshlang!
— Xotin, sen nima deb o’ylaysan? Akula kuchliroqmi, ayiqmi?
* * *
— Og’ayni, xursandsan. Tinchlikmi?
— Xotinim menga xiyonat qilgandi, uni haydavordim.
— Ie, kim bilan tutvolding?
— Eng yaqin do’stim bilan.
— Aljirama! Eng yaqin do’sting menman-ku!
— Yo’q, eng yaqin do’stim endi boshqa.
* * *
Go’sht bozoriga ikki qo’lida kattakon sumka ko’targan ayol zo’rg’a kirib keldi-da, to’xtadi va ho’kizning ulkan boshiga tikilib turib o’ziga o’zi dedi:
— O’lsin, erimga sigaret olishni unutibman-ku!