* * *
Yarim tunda telefon jiringladi. Go’shakni uy bekasi ko’tardi. Eri ekan. Xotinidan so’radi:
— Men uyga ketyapman. Juda kech qolib ketmadimmi?
— Yo’q, azizim.
— Maylimi 6 nafar ulfatimni ham uyga olib borsam?
— Albatta, azizim.
— Ertalabgacha kayf-safo qilardik.
— Jonim bilan, azizim.
Shu payt birdan eri jim bo’ldi. Birozdan so’ng ayanchli tovushda dedi:
— Kechirasiz.. Adashib boshqa joyga tushib qoldim shekilli.
* * *
Sudya ayblanuvchidan so’radi:
— Maoshingiz oyiga 50 dollar ekan. Yetti million dollarga hashamatli uy quribsiz. Buni qanday tushunsa bo’ladi?
— O’ylab olishga vaqt bering, o’rtoq sudya!
— Mayli. 7 yil yetadimi?
* * *
Daryo bo’yida turgan yigit yoshi ulug’ odamdan so’radi:
— Amaki, daryoda cho’milsa bo’ladimi?
— Bolam, daryoda cho’milish mumkinmas. Har qadamda timsohlar biqinib yotadi.
— Daryoning hov anavi yoqdagi dengizga quyiladigan joyida-chi?
— Cho’milsa bo’ladi. U yerdagi timsohlarni akulalar yeb bitirgan.
* * *
Xotin erta tongda uxlab yotgan erini turtib dedi:
— Tura qoling, azizim! Bo’tqa pishirib qo’ydim.
— Bo’tqa? Nimadan tayyorlading?
— Chuchvaradan.
* * *
Granata uloqtirish bo’yicha musobaqada ishtirok etayotgan yigit yonidagiga dedi:
— Bugun granatani yaxshiroq uloqtirmasam bo’lmaydi.
— Nega?
— Minbarda qaynonam o’tiribdi.
— E, ovora bo’lma, baribir granatangni qaynonangga tekkiza olmaysan.
* * *
Kardiologning mashinasi buzilib qolgandi. Ustaxonaga olib keldi. Usta undan so’radi:
— Menga qara, munday olib qarasa, senam motorni ochib yopasan, menam. Faqat sen odam motorini ochib yopasan xolos. Nega maoshni menga nisbatan besh barobar ko’p olasan?
— Haqsan. Ammo senam menga o’xshab motorni ishlab turgan vaqtida ochib-yopib ko’r-chi, o’shanda bilasan!
* * *
2050 yil. Bemorlar internet orqali navbatga yozilishgan. Vrach kabineti eshigi tepasiga esa quyidagi yozuvlar bitilgan tablichka ilib qo’yishibdi:
1. Navbatga onlayn yozilganlar;
2. Ro’yxatga olish darichasi qog’ozi bilan navbatga turganlar;
3. Bir soniyaga vrachdan nimanidir so’rash niyatida kelganlar.
* * *
Erkak qishloqlardan biriga ot arava to’la ko’mir olib kelib qichqirdi:
— Ko’mir opkeldi-im! Chiqa qolinglar! Ko’mir opkeldim, ko’mi-ir!!!
Shunda ot yuzini ters burdi-da, xayolan koyindi:
— Opqochishini qaranglar! Opkelganmish! Uyalmay o’zini maqtashini qaranglar-a! Nomard, ko’mir opkelgan yoningda turibdi chanqab!!!
* * *
Travmotologiya bo’limiga bir erkakni olib kelishdi. Vrach undan so’radi:
— Ismi-sharifingiz?
— Eshmat Toshmatov!
— Uylanganmisiz?
— Yo’q… Avtohalokatga uchradim.
* * *
Ona poezd kupesida besh yashar nevarasiga odam qanday paydo bo’lishini tushuntiryapti.
— Loyni olasan, shakl yasab, tindirib qo’yasan. Keyin o’sha shaklni sutda cho’miltirsang, o’g’il, suvda cho’miltirsang, qiz paydo bo’ladi.
Shu payt ikkinchi qavatda yotgan erkak ayoldan so’radi:
— Nima, eskicha usulni bekor qilishdimi?
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit