Olti yashar bolakay sigir sug’orayotgan odamni kuzatib turdi-da, o’zicha mulohaza qildi:
— Ha-a, sigir sutiga suvni shu yo’l bilan aralashtirishar ekan-da!
***
Bolakay ota-onasidan so’radi:
— Dada, piyoz foydali mahsulotmi?
— Ha.
— Oyi, qaymoq ham foydalimi?
— Albatta.
— Dada, menga piyozli va qaymoqli pechenye olib bering!
***
Sochi to’kilayotganlarga tekin maslahat:
— Boshingizga asal surib, uch kun kuting. So’ng asalga qo’ngan pashshalarni cho’chitib, uchirib yuboring. Ularning oyoqchalari joyida qoladi.
***
— Og’ayni, ertaga xotinimning tug’ilgan kuni. Nima sovg’a qilishni bilmay boshim qotdi.
— Xotining nimani ko’proq yaxshi ko’radi?
— Katta tezlikda osmonu falakka parvoz qilishni.
— Unda supurgi sovg’a qil!
Izohlarni ko`rish