***
Chekka qishloqlardan birida yashaydigan ikki qiz Toshkentga kelib, aylanib yurishib, o’zlari tengi qizlarni sigaret chekayotganini ko’rishibdi. Shunda qizlardan biri:
— Qara Guli, shaharlik qizlar bemalol sigaret chekib yurishibdi. Kel, biz ham sigaret chekamiz! — desa.
Unisi:
— Qo’ygin, Sharapat, biz o’zgarmaylik, — debdi.
Shunda dugonasi:
— To’g’ri aytasan Guli, qani nosdan ol, — dermish.
***
Tanishuvlar saytiga kirdim. Bir ayol pul uchun erkaklar bilan tanishaman, deb e’lon beribdi. Rasmini ko’rdim, manimcha u pul bersa kerak.
***
Bir kuni Afandi uch-to’rtta o’rtog’ini uyiga boshlab keldi. Xotiniga kirib: «Bir quling o’rgilsin palov qilgin» dedi.
— Voy, qiziqmisiz? Axir uyimizda na guruch bor, na go’sht, na yog’ bor. Nima bor, nima yo’qligini surushtirmay-netmay, mehmon boshlab kelaverasizmi?!
— Xo’p-xo’p xotin, sal o’pkangni bosib ol. Hech bo’lmasa, dasturxonga bo’sh laganni olib chiqib qo’ygin, o’zim gapning kiftini keltiraman.
Xotini ham eri aytganday qilib, bo’sh laganni dasturxonga olib chiqib qo’ydi.
— Og’aynilar,— dedi Afandi,— Agar uyimizda guruch, yog’, go’sht bo’lganida edi, hozir shu bo’sh laganda bug’i chiqib turgan palov bo’lardi…
***
— Kasbing nima?
— Bekorchiman!
— Unda qo’shiqchi bo’laqol!
— Yo’g’-e, unchalik bekorchi emasman…